Nordikning HR va Kadrlar malakasini oşiriş departamenti boşliği Tolipova Baxtigul Farxodovna "Moliya, pul muomalasi va kredit" hamda "Sanoat iqtisodiyoti" ixtisosliklari böyiça «Xo‘jalik yurituvçi subyektlarning investitsiyaviy faoliyati samaradorligini oşiriş metodologiyasini takomillaştiriş (Oziq-ovqat sanoati korxonalari misolida)» mavzusidagi DSc dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Tadqiqotda oziq-ovqat sanoati korxonalarining investitsiyaviy faoliyatini samarali taşkil etish, investitsiya resurslaridan foydalanish natijadorligini oshirish hamda ushbu jarayonlarni takomillaştirişning metodologik asoslari muhim ilmiy yönaliş sifatida örganilgan.
Şuningdek, Abrayeva Mahliyo Olimjon qizining iqtisodiyot fanlari böyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlangan «Bank sohasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining işlaş samaradorligini oşiriş yöllari» mavzusidagi dissertatsiya işi himoya qilindi.
Tadqiqot bank sohasida axborot tizimlari va texnologiyalarining işlaş samaradorligini oşiriş, raqamli yeçimlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda moliyaviy xizmatlar infratuzilmasini takomillaştiriş masalalarini qamrab olgan.
Ilmiy muhokamalarda tadqiqotçilarning ilmiy izlanişlari, nazariy qaraşlari hamda amaliy takliflari kengaş a’zolari tomonidan yuqori baholandi.
⚡️ Tolipova Baxtigul Farxodovna va Abrayeva Mahliyo Olimjon qizini uşbu muhim ilmiy natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz! 👏👏👏
Yangiliklar
Nordik Kengaşida ikki tadqiqotçimiz ilmiy himoyadan muvaffaqiyatli ötdi

November 13 , 2026
242
Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvçi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 raqamli Ilmiy kengaşning navbatdagi majlisida iqtisodiyot fanlari yönalishida ikkita dissertatsiya işi himoya qilindi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring