Ta'lim ko‘rgazmasi - noyob platforma!

Ta'lim ko‘rgazmasi - noyob platforma!

March 21 , 2023

|

1805

Yevropa Ittifoqi Ta’lim Ko‘rgazmasi-2023 3, 5 va 7-aprel kunlari Toshkent, Samarqand va Namanganda bo‘lib o‘tadi.

🎓 3, 5 va 7-aprel kunlari Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida “Team Europe” (Yevropa jamoasi) tashabbusi bilan “Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasi-2023” bo‘lib o‘tadi. (Batafsil)

📌 Mazkur anjuman quyidagilar uchun ajoyib imkoniyat yaratadi:

Talabalar va abituriyentlar – Yevropaning nufuzli universitetlari bilan tanishish

Ota-onalar – farzandlari uchun eng yaxshi ta’lim variantlarini o‘rganish

O‘qituvchilar – xalqaro ta’lim dasturlari va hamkorlik imkoniyatlarini kashf etish

🌍 Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining eng mashhur universitetlari vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!