Talabalik davrida chet elga sayohat qiling!

Talabalik davrida chet elga sayohat qiling!

January 11 , 2024

|

2217

"Work and Travel" dasturi bo‘yicha uchrashuv e'lon qilindi.

Buning uchun yozgi ta'til va "Work and travel" dasturi eng qulay imkoniyatlardir.

Finlandiya, Italiya, AQSh kabi xorijiy davlatlarda yashash, ishlash va sayohat qilish uchun nima qilish kerak?

Ish va sayohat dasturida qatnashish talablari qanday?

Hujjatlar, xarajatlar va daromad qanday bo‘ladi?

Qanday ish turlari va mehnat sharoitlari mavjud?

"Work and travel-2024" bo‘yicha Xalqaro aloqalar departamenti mas'ullari bilan uchrashuvda ishtirok eting va shu kabi savollaringizga javob oling.

🗓 18-yanvar

🕑 14:00 da

📌 2-o‘quv binoda (https://maps.app.goo.gl/3oEjgEtS45wmznW4A).

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

Dissertatsiya ishlarini sun'iy intellekt ekspert kabi tahlil qilishi mumkinmi?

Metodologik xatolarni himoyagacha aniqlashning iloji bormi?

AI ilmiy kengash faoliyatini yanada shaffof va sifatli tashkil etishga qanchalik xizmat qila oladi?


Taqdimot davomida ushbu savollarga mualliflar tomonidan batafsil javoblar berildi. Sun'iy intellekt asosida yaratilgan AI professorlar ishtirokidagi ilmiy kengash simulyatsiyasi amalda namoyish etildi. Platformada dissertatsiyalarni ekspertlar darajasida tahlil qilish, ilmiy va metodologik kamchiliklarni erta bosqichda aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlari mavjudligi ko‘rsatib berildi.

Muhokamalar davomida sun'iy intellekt ilmiy rahbar yoki ekspertning o‘rnini egallashi emas, balki ularning qaror qabul qilish jarayonini aniq tahlillar va tezkor tavsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlovchi vosita ekani alohida ta'kidlandi.

Bu esa ilmiy izlanishlar sifati, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam sifatida baholandi.

Mazkur platforma ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ilm-fanda raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish yo‘lidagi navbatdagi innovatsion yechimlardan biridir.

Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

— Markazning asosiy vazifasi universitetlar, tadqiqotchilar va innovatorlarning istiqbolli g‘oyalarini bir platformada jamlash, ularni muvofiqlashtirish hamda tayyor mahsulot va biznesgacha olib borishda har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.

Bu yerda kovorking maydonlari, mentorlik dasturlari, texnologik ekspertiza, investorlar bilan hamkorlik va tijoratlashtirish mexanizmlari yagona tizim sifatida ishlaydi. Natijada g‘oyalar xalqaro bozorda raqobatlasha oladigan innovatsion mahsulotga aylantiriladi, —
deydi delegatsiya rahbari, Nordik prorektori Odil Qo‘ysinov. — Bunday tajribalar sun’iy intellekt sohasida ta’lim, ilm-fan va biznes hamkorligini mustahkamlash, innovatorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi texnologik yechimlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Princeton university hamkorligida faoliyat yuritayotgan ushbu innovatsion markazda ishtirokchilar AIni boshqarish va innovatsiyalarni tijoratlashtirish mexanizmlari, zamonaviy data centerlar faoliyati hamda ularning sun’iy intellekt rivojidagi ahamiyati bilan tanishdilar. AI infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha interaktiv va rolli mashg‘ulotlarda universitet, sanoat va davlat hamkorligining samarali modellarini amaliy misollar orqali o‘rgandilar.

Mazkur AI bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursi xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va sun’iy intellekt sohasida yangi liderlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Shaffof qabul: zamonaviy media uchun saralash o‘tkazildiXalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda

Xalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda

Dastur ishtirokchilari sunʼiy intellektning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan birga, ilg‘or AI platformalarini taʼlim jarayonlari va universitet boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqdalar.

Shuningdek, tinglovchilar Rowan Universityning ilg‘or tajribasi, yuqori unumdor hisoblash markazi (High-Performance Computing Center), AI asosidagi ta'lim yechimlari, VR va XR texnologiyalarining qo‘llanilishi hamda AQSHning innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Dastur davomida har bir modul nazariya bilan cheklanmay, amaliy loyihalar, keys tahlillari, ekspertlar bilan uchrashuvlar va strategik muhokamalar orqali qizg‘in va samarali kechmoqda.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish