Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetida bo‘lib o‘tgan bilimlar bellashuvida talabalarimiz "Ingliz tili" va "Iqtisodiyot nazariyasi" yo‘nalishlarida yurtimiz va universitetimiz sharafini himoya qildilar.
Bu forum jarayonida talabalarimiz xalqaro akademik muhitda bilimlarini sinovdan o‘tkazib, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashdilar va xorijiy tilda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
Forumda professor-o‘qituvchilarimiz ham ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib, universitetning xalqaro ilmiy-ta’limiy aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shdilar.
👏 Xalqaro maydonda universitetimiz nomidan ishtirok etgan talabalarimiz va ularni qo‘llab-quvvatlagan professor-o‘qituvchilarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
Nordik talabalari xalqaro maydonda!

October 17 , 2026
106
Nordik universitetining 8 nafar iqtidorli talabasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan «Barqaror turizm va madaniy meros» xalqaro forumi doirasidagi Xalqaro talabalar olimpiadasida ishtirok etdilar.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring