Muloqotda oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida strategik hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlar, akademik loyihalar hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolanib, malaka oshirish, ilmiy stajirovkalar, tajriba almashish, seminar va konferensiyalar, qo‘shma ta’limiy hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Alohida e’tibor innovatsion pedagogika, ilg‘or o‘qitish metodologiyalari va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratildi.
Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun ham o‘zaro stajirovka, ilmiy maslahatlashuv va tajriba almashish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Almashinuv dasturlarini iqtisodiyot va moliya, biznes boshqaruvi, yurisprudensiya, tarix, psixologiya, amaliy matematika, axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi, ingliz filologiyasi, turizm va mehmonxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik nashrlar, xalqaro grantlar va fanlararo loyihalarni amalga oshirish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar
Markaziy Osiyo ta’lim makonida hamkorlik: Nordik va Ostona xalqaro universitetlari imkoniyatlari birlashmoqda

October 31 , 2026
186
Universitetlararo sheriklikni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni birlashtirish va akademik mobillikni kengaytirish maqsadida Xalqaro Nordik universiteti hamda Ostona xalqaro universiteti rahbariyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Foto galereya
6
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring