Samarqandlik maktab bitiruvchisiga XNUga grant yo‘llanmasi topshirildi

Samarqandlik maktab bitiruvchisiga XNUga grant yo‘llanmasi topshirildi

May 21 , 2023

|

1961

XNU rektori Luiza Xayrullayevaga universitetga grant asosida o‘qishga kirish huquqini beruvchi voucher topshirdi.

"Uch avlod uchrashuvi" doirasida 2-maktabning sobiq bitiruvchilari qalbdan chiqqan so‘zlari bilan o‘quvchilarga ilhom bag‘ishladilar.

Xususan, Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov tomonidan “Oliy ta’lim imkoniyatlari, raqobatbardosh kadrlarga qo‘yilayotgan talablar, muvaffaqiyatga erishishning 10 qoidasi” mavzusida motivasion trening o‘tkazildi.

🎁 Tadbir davomida rektor maktabni a’lo baholarga bitirgan eng namunali o‘quvchiLuiza Xayrullayevaga Xalqaro Nordik universitetiga grant asosida o‘qishga kirish huquqini beruvchi voucherni tantanali tarzda topshirdi.