Yangiliklar
Saint Joseph universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

March 29 , 2025
522
Xitoy Xalq Respublikasiga taʼlim safari davomida Saint Joseph (USJ) universiteti Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim bo‘limi boshlig‘i Emil Marques hamda Nordik universiteti rasmiy delegati N. Islamov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokara davomida o‘zaro talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda boshqa hamkorlik loyihalarini o‘z ichiga olgan shartnoma imzolandi.
Ushbu hamkorlik ikki oliygoh o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.



So'nggi yangiliklar

Motivatsiya — ichki kuchingizni uyg‘oting!
U bizni oldinga undaydi, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka va maqsad sari qat’iyat bilan intilishga yordam beradi. Eng muhimi, motivatsiya insonni majburlamaydi, balki unga tanlash va ongli ravishda harakat qilish imkonini beradi.
🎓 Universitetimiz psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan o‘tkazilgan kichik tadqiqotda 51 nafar respondent-talabaning motivatsiya darajasi o‘rganildi.
📊 Natijalar quyidagicha:
🔹 37,3% talabalarda — balanddan ham yuqori motivatsiya
🔹 33,3% talabalarda — ancha yuqori motivatsiya
🔹 29,4% talabalarda — o‘rtacha motivatsiya.
💡 Bu ko‘rsatkichlar talabalarning aksariyatida bilim olishga intilish, shaxsiy rivojlanishga qiziqish va maqsad sari harakat qilish istagi kuchli ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘rtacha motivatsiyaga ega talabalar bilan psixologik ishlashni kuchaytirish ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✨ Psixologlar tavsiya qiladi:
• Katta maqsadlarni kichik bosqichlarga bo‘ling
• Har bir muvaffaqiyatdan so‘ng o‘zingizni rag‘batlantiring
• Ijobiy fikrlashni shakllantiring: “Men qila olaman!”
• Yutuqlaringizni yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring.
🚀 Esda tuting: motivatsiya — muvaffaqiyat sari ilk qadam.
Uni to‘g‘ri yo‘naltirsangiz, imkoniyatlar eshigi albatta ochiladi.

Muhim uchrashuv: yoshlar, xavfsizlik va kelajak
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Shayxontohur tumaniga biriktirilgan ishchi guruhi vakillari hamda mutaxassislar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kiberxavfsizlik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, rektor maslahatchisi va masʼullar tomonidan yoshlarga jamiyat xavfsizligi, vatanparvarlik va shaxsiy mas’uliyat haqida muhim fikrlar bildirildi.
Tadbirda, kiberxavfsizlik strategiyasi va kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, jonli va mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.

“SCIENCE PATH”: G‘oyadan muvaffaqiyat sari!
lshtirokchilar ilmiy maqola nima, yozish nima uchun muhim, ilmiy muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligi haqida keng maʼlumotlar oldilar.
Loyiha 3 ta maxsus yo‘nalishda davom etadi:
🔬 ILMIY FAOLIYAT — “Menda g‘oya bor, lekin uni qanday qilib ilmiy maqolaga aylantirishni bilmayapman” deydiganlar uchun.
🚀 START-UP — "G‘oyam bilan dunyoni o‘zgartiraman va investitsiya jalb qilaman” deydigan kreativ fikrli yoshlar uchun.
🏆 STIPENDIYALAR — o‘z ism-sharifini xalqaro va nufuzli stipendiatlar ro‘yxatida ko‘rishni istagan intiluvchan talabalar uchun.
💡 Qaysi yo‘nalish sizniki?
O‘z jamoangizni tanlang va professional ustozlar bilan birga maqsad sari qat’iy qadam tashlang.
Batafsil: https://t.me/+se4i4MC0VE5kMWUy

Nordik va DAAD: Germaniya universitetlari bilan yangi istiqbollar
Uchrashuvda DAADning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Gisella Zimmermann va akademik hamkorlik bo‘yicha mutaxassis Kanybek Sydykbekov bilan muzokara o‘tkazildi.
Muloqot davomida Germaniya universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish, ochilishi rejalashtirilayotgan yangi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ustuvor maqsad va vazifalar, talabalar uchun DAAD stipendiya dasturlari imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, nemis tilini chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish va OnSET xalqaro til imtihonida qatnashish imkoniyatlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning Germaniyada malaka oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni mustahkamlash, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlar yaratish, xalqaro ta’lim, grantlar va akademik almashinuv yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.