Talabalarimiz kelajakni o‘zgartiruvchi startap yaratdilar

Talabalarimiz kelajakni o‘zgartiruvchi startap yaratdilar

February 22 , 2025

|

2095

Xalqaro biznes yo‘nalishi talabalari Nizomiddin Asomov va Abdusaid Mahmudov ilmiy rahbar Gulchehra Husanova boshchiligida innovatsion biznes loyiha ishlab chiqdilar.

Ularning "Kasalliklarni tashxislash uchun sun’iy intellekt platformalari" nomli startaplari xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib, deponent va patentga ega bo‘ldi.


Mazkur loyihada yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan birga, minglab insonlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan. Loyiha tibbiy xizmat sohasida katta o‘zgarish yasashga xizmat qiladi.