Oq nilufarlar yurti - Finlandiyaga kitob orqali sayohat qiling!

Oq nilufarlar yurti - Finlandiyaga kitob orqali sayohat qiling!

February 07 , 2023

|

2016

Finlandiya ta’limi va jamiyatini o‘rganish uchun yangi kitoblar XNU kutubxonasida.

📚 Finlandiya ta'limi, jamiyati va yuksak qadriyatlari haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi? Endi bu bilimlarni kitob orqali o‘rganishingiz mumkin!

Yuksak axloq, mehnatsevarlik, ishlab chiqarish va poydevori mustahkam ta'lim tizimi orqali rivojlangan davlat – bu Finlandiyaning yo‘li.

O‘quv jarayonini cheksiz quvonchga aylantirgan, tanaffusda o‘quvchilar bilan o‘ynaydigan o‘qituvchilar, erkin fikrlaydigan bolalar – bu Finlandiya ta’lim mo‘jizasi.

❗️ Axborot-resurs markazimizdan (https://t.me/Xalqaro_Nordik_Universiteti_ARM) "Oq nilufarlar yurtida" va "Finlandiya ta'lim mo‘jizalari" kitoblarini so‘rang va o‘zbek maktablarida qo‘llash mumkin bo‘lgan 33 ta fin strategiyasi bilan tanishing!