Muloqotda yuridik ta’lim sifatini oşiriş, talabalar uçun amaliyot imkoniyatlarini kengaytiriş, notariat sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş va ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv davomida Xalqaro Nordik universiteti va Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi örtasida anglaşuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.
Talabalar uçun notarial idoralarda amaliyot taşkil etiş, "Bölajak notariuslar klubi" faoliyatiga talabalarni jalb qilish, öquv dasturiga «Notariat huquqi» fanini kiritiş, notariuslar iştirokida mahorat darslari va oçiq muloqotlar ötkaziş kabi istiqbolli hamkorlik yönalişlari belgilandi.
Şuningdek, huquqiy sohada qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, xorijiy davlatlar notariat tizimi tajribasini örganiş, elektron notariat, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yönalişlarida hamkorlikka kelişildi.
Yangi hamkorlik nazariy bilim va amaliyotni uyğunlaştirgan, zamonaviy bilim va kasbiy könikmalarga ega raqobatbardoş, mehnat bozori talablariga javob beradigan yuridik kadrlarni tayyorlaş maqsadlariga xizmat qiladi.
Nordikda yuridik taʼlimning amaliy maydoni kengaymoqda

November 25 , 2026
1
Xalqaro Nordik universiteti va Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi rahbariyatlari örtasida samimiy uçraşuv va muzokaralar bölib ötdi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring