Nordik universitetida talabalar uchun tarixiy imkoniyatlar bilan tanishildi

Nordik universitetida talabalar uchun tarixiy imkoniyatlar bilan tanishildi

April 03 , 2025

|

1740

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Qosimov va vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Ikrom Choriyev Nordik universitetiga tashrif buyurdilar.

Oliy taʼlim vakillari universitetdan joy olgan buyuk fin sayyohi Karl Gustaf Mannergeymning "Osiyo bo‘ylab - G‘arbdan Sharqqa" ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Ajdodlarimiz hayotiga keng nazar tashlash imkonini beruvchi 1906-1908-yillarda olingan tarixiy fotosuratlarning ahamiyati va uni yoshlar orasida targ‘ib qilish masalalari haqida fikr almashildi. 


Shuningdek, vazirlik masʼullariga universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, madaniy, tarbiyaviy ahamiyatli tadbirlar hamda erishilayotgan natijalar haqida hisobotlar taqdim etildi. Kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi va zarur tavsiyalari olindi.

photo-2025-04-03-12-22-21
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-03-12-22-21-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-03-12-22-21-3
Ko‘rib chiqish