Nordik talabalari eng yaxshi vizual taqdimot namoyish etdilar!

Nordik talabalari eng yaxshi vizual taqdimot namoyish etdilar!

March 25 , 2025

|

2065

Nordik universiteti Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Gulsanam Baratova va Ismoil Olimjonov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida o‘tkazilgan musobaqa tarzidagi davra suhbatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Ular “Xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi ilmiy musobaqada o‘z chiqishlari bilan “Best Visual Presentation” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.


Talabalarimizga va ularning ilmiy rahbari - Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Dinora Sodiqovaga sertifikat, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.