Nordik Kengashi kun tartibida — ta’lim sifati, ilm-fan va natijadorlik

Nordik Kengashi kun tartibida — ta’lim sifati, ilm-fan va natijadorlik

September 28 , 2026

|

52

Universitet Kengashining 9-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2026–2027-o‘quv yilining ustuvor vazifalari, ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilar faoliyatini natijadorlik asosida baholash, ilmiy faoliyat va akademik boshqaruvni takomillashtirish masalalari kompleks muhokama qilindi.

Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilarning “Shaxsiy ish rejalari” natijadorligini baholash mezonlarini takomillashtirish, KPI ko‘rsatkichlarini zamonaviy akademik boshqaruv talablariga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunda o‘quv, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni aniq natijalar asosida baholash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yili uchun HEMIS platformasiga joylashtirilgan fan resurslari monitoringi bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Elektron o‘quv kontentining sifati, tizimliligi, mustaqil ta’limga xizmat qilishi va o‘quv natijalari bilan uyg‘unligi muhokama qilindi.

Kengashda 2026-yil 1-sentabrdan kuchga kirgan “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom” hamda PF-58-son Farmon talablarini universitet faoliyatiga joriy etish, akademik jarayonlarni tizimlashtirish va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Magistratura nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilinib, magistrantlarning ilmiy-tadqiqot va professional tayyorgarligini kuchaytirish, akademik muhitni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish kun tartibidan respublika umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zbek tili va adabiyotidan “E Voh” olimpiadasini tashkil etish masalasi ham o‘rin oldi.

Tashabbus pedagoglarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, fan nufuzini oshirish hamda oliy va umumiy o‘rta ta’lim o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Kengashda turli muhim masalalar doirasida mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalari va nazariy-metodologik dasturlarini tasdiqlash, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, professor lavozimini vaqtincha bajarishga o‘tkazish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Kengash yig‘ilishida ta’lim resurslari, raqamli ta’lim, normativ boshqaruv, magistratura, ilmiy faoliyat, pedagogik loyihalar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik asosida universitet rivojining muhim yo‘nalishlari belgilandi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli taklif va qarorlar shakllantirildi.

Foto galereya

3
photo-2026-09-28-12-16-58
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-28-12-16-59
Ko‘rib chiqish
photo-2026-09-28-12-17-02
Ko‘rib chiqish