Utara universiteti (UUM) professor-olimlari iştirokida ötkazilgan xalqaro kasbiy rivojlaniş dasturi yakunida sertifikat topşiriş marosimi bölib ötdi.
Anjumanda Nordikning bir guruh professor-öqituvçilariga xalqaro sertifikatlar topşirilib, ularning ilmiy izlanişlari va kasbiy rivojlaniş yölidagi intilişlari e’tirof etildi.
🇺🇿🇲🇾 UUM va Nordik hamkorligidagi dastur xalqaro standartlarda ilmiy maqolalar tayyorlaş, nufuzli naşrlarda tadqiqot natijalarini e’lon qiliş hamda zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni ta’limga tatbiq etişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Treninglar davomida ikki universitet vakillari tajriba almaşiş bilan birga akademik hamfikrlikka erişdilar. Ayniqsa, xalqaro savdo va iqtisodiy modellaştiriş eksperti Dr. Normizan Bin Bakar, raqamli pedagogika mutaxassislari Dr. Hasniza binti Nordin va Dr. Siti Nazuar Binti Sailin bilan ötkazilgan maşğulotlar uşbu jarayonning mazmunini boyitdi. Nordik rahbariyati tomonidan xorijiy olimlarga Taşakkurnomalar topşirildi.
Hamkorlik samaralari qöşma ilmiy izlanişlar, maqolalar hammuallifligi, tadqiqot maslahatlaşuvlari va yangi akademik taşabbuslarda namoyon bölmoqda. Eng muhimi, ikki universitet vakillari umumiy ilmiy maqsadlar yölida birlaşgan hamkasblar va hammaslaklarga aylanmoqdalar.
Nordik va Utara: hamkorlikdan hamjihatlik sari

November 14 , 2026
220
Malayziyada boşlangan xalqaro bilim va tajriba almaşinuvi Nordikda ham davom etdi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring