Uçraşuvda ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida yölga qöyilgan hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, erişilgan yutuqlar e’tirof etildi hamda özaro minnatdorlik bildirildi.
Muloqot davomida akademik hamkorlikning kelgusidagi bosqiçlari, xalqaro ta’lim integratsiyasini çuqurlaştiriş va talabalar hamda professor-öqituvçilar uçun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirişga qaratilgan istiqbolli taşabbuslar muhokama qilindi.
Xususan, talabalar uçun Özbekistonda Winter Camp taşkil etiş, qöşma ta’lim va Double Degree dasturlarini rivojlantiriş, magistratura talabalari uçun xalqaro almaşinuv — Exchange dasturlarini yölga qöyiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Shuningdek, Utara universiteti professor-öqituvçilari va xodimlarining kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş maqsadida Nordik universiteti huzuridagi Nordic Training markazining xalqaro dasturlari orqali malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş böyiça yangi takliflar taqdim etildi.
Uçraşuv ikki universitet örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, akademik mobillikni kengaytiriş va xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantiriş yölidagi navbatdagi muhim muloqot böldi.
Nordik va Utara yangi loyihalarni rejalaştirmoqda

November 13 , 2026
82
Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati Malayziyaning Utara universiteti (UUM) delegatsiyasini qabul qildi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring