Risolada ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida muhim kashfiyotlarni amalga oshirgani uchun turli yillarda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan 40 nafar olimning hayoti va faoliyati, ular bilan bo‘lgan intervyular jamlangan.
Ular jamiyatga qanday hissa qo‘shgan? Ilm-fan va taraqqiyot sari bosib o‘tgan yo‘llari nima bilan ahamiyatli?
Kashfiyotlar, qonunlar va mexanizmlar haqidagi batafsil bilim darhol tatbiq etilmasligi mumkin, ammo ular bilan tanishish dunyo ahliga koinotdagi o‘rnini anglashga, atrof-muhitdan xabardor bo‘lishga yordam beradi. Kitobda jamlangan memorial mukofot sohiblarini "Insoniyatga eng katta foyda keltirganlar", deb atasak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ularning hayoti va ilmiy faoliyati bilan tanishish kitobxonlar uchun ulkan ilhom manbaidir.
Ushbu risola iqtisodiyot yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar, yosh tadqiqotchilar, pedagoglar va keng kitobxonlar ommasi uchun muhim qo‘llanmadir (nashrga tayyorlaganlar - Sherzod Mustafakulov, Xasan Sabirov, Nizomiddin O‘rmonov, Muxtasar Isaqova).




