📌 Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati hamda "Hamkorbank" ATB Qo‘qon filiali boshqaruvchisi Abrorjon Rahimov va bankning "Korporativ xizmatlar" bo‘limi boshlig‘i Sherzod Avulchayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar:
✅ Har ikki tomon uchun manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari
✅ Bank xizmatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari
✅ Talabalarga moliyaviy xizmatlar bo‘yicha yangi takliflar
🏦 Mazkur hamkorlik universitetning moliyaviy tizimini yanada rivojlantirishga hamda talabalarga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.




