"Kitoblashamiz!": Nordikda kitobxonlar safi kengaydi

"Kitoblashamiz!": Nordikda kitobxonlar safi kengaydi

February 14 , 2025

|

2238

14-fevral - shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kitobxonlar tanlovi qizg‘in kechdi.

"Kitoblashamiz" loyihasi doirasida talabalarimizga "Suxandonlar klubi" kanalida audio kitob o‘qib eshittirilib, o‘nlab talabalar ovozli chatlarda faol qatnashgan edilar. 


Bugungi kitobxonlik tadbirida esa munozaralar yanada qizg‘in kechdi. Savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan talabalar dekan sovg‘asi bilan taqdirlandilar.


Adabiy anjumanda milliy liboslarimiz, urf-odat va qadriyatlarimiz keng targ‘ib etildi. Bobur g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar davraga jo‘shqin ruh bag‘ishladi.

Artboard-3-49
Ko‘rib chiqish
Artboard-2-51
Ko‘rib chiqish
Artboard-7-38
Ko‘rib chiqish
Artboard-4-47
Ko‘rib chiqish
Artboard-8-34
Ko‘rib chiqish
Artboard-6-44
Ko‘rib chiqish