Talabalarimiz Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va tarjimon Tursun Alining "Sohibjamol daraxt" nomli she'riy to‘plami taqdimotida ishtirok etdilar.
Kitobda shoirning so‘nggi yillardagi sochmalari, tarjimalari jamlangan bo‘lib, shoirning rango-rang ruhiy olamiga safar qilish mumkin. Ijodiy uchrashuvda Qozoqboy Yo‘ldoshev, Suvon Melilar Tursun Alining qator she'rlarini sharhlab berdilar.
Talabalarimiz taniqli shoirlar, adabiyotshunos-olim, munaqqidlar suhbatidan bahra oldilar.




