Hamkorlik istiqbollari belgilandi

Hamkorlik istiqbollari belgilandi

February 20 , 2023

|

1844

XNU va "Kauko International" kompaniyasi Qo‘qonda yashil islohotlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishdi.

🤝 Xalqaro Nordik universitetining hamkori - Finlyandiyaning savdo va loyihalar bo‘yicha tajribali "Kauko International" kompaniyasi bosh direktori Niiles Airola Qo‘qon shahar hokimligi vakillari bilan investitsiya maydonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida fin mutaxassisiga Qo‘qonda yashil islohotlarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha (shaharda bir yillik chiqindi hajmi 126 tonnani tashkil etadi) loyihani amalga oshirishga oid mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

🌱 Har ikki tomon uchun manfaatli takliflar ilgari surilib, hamkorlik kelishuvi amalga oshirildi.