"Finnish Industries" bosh direktori - universitetimiz mehmoni!

"Finnish Industries" bosh direktori - universitetimiz mehmoni!

March 14 , 2023

|

2295

"Finnish Industries" Sharqiy ofisi bosh direktori Lauri Veijalainen XNUga tashrif buyurdi va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🎓 Xalqaro Nordik Universiteti Finlyandiyaning "Finnish Industries" Sharqiy ofisi bosh direktori, janob Lauri Veijalainenni qabul qildi.

🤝 Universitetimiz rahbariyati bilan uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔹 Mutaxassislarga qo‘yilayotgan xalqaro talablar

🔹 Hamkorlik istiqbollari va kelajakdagi loyihalar

📌 Ma’lumot o‘rnida:

"Finnish Industries" Sharqiy ofisi MDH davlatlaridagi bozorlarga ixtisoslashgan eng nufuzli kompaniyalarning manfaatlarini ifodalaydi.

18 ta mamlakatda barqaror biznesga ega bo‘lib, 1000 nafarga yaqin mutaxassislarni ish bilan ta’minlaydi.

🌍 Bu hamkorlik universitetimiz talabalariga xalqaro tajriba va malakalarini oshirishda katta imkoniyatlar yaratadi!