Finlyandiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Ilkka Räisänen, Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi doimiy elchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev hamda bir guruh mas'ullar ishtirokida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Muzokara davomida BMTTD va O‘zbekiston hukumatining qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
“Mintaqalarga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston bo‘ylab rivojlanish barqarorligi uchun turli sohalarda BMTTD bilan hamkorlik tarmog‘imiz va ko‘lamini kengaytirmoqdamiz. O‘zbekiston Finlyandiya hukumatining hamkorligi eng zaif qatlamlarga e’tibor qaratish, adolatning ustuvorlini yaxshilashga yo‘naltiriladi"- deb ta'kidladi janob Ilkka Räisänen.




