Bolalikda erta kitob o‘qishning sirli kuchi bor!

Bolalikda erta kitob o‘qishning sirli kuchi bor!

February 18 , 2025

|

2302

Bolalikda kitob o‘qishning erta boshlanishi bu mashg‘ulot hayotning tabiiy bir bo‘lagiga aylanib qolishiga sabab bo‘ladi. Kitob bola uchun shunchaki darslik emas, balki zavqlanish ramziga aylanadi.

Bolalar yozuvchisi, Nordik universiteti ustozi Dinara Mo‘minova "Sharq bolalar adabiyoti" fani doirasida Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi talabalari bilan ijodiy suhbat o‘tkazdi. 


Suhbatda mutaxassis-ustoz o‘z tajribalari, tadqiqot xulosalarini talabalar bilan bo‘lishdi. Bolalarni erta yoshda kitob bilan "emlash" ularda atrofdagi voqeliklarga quvonch va ijobiy munosabatlarni shakllantirish, hissiyotlar olamini boyitishda muhim ahamiyat kasb etishini maʼlum qildi. 


Ayniqsa, ota-onalar, ustozlarning bola bilan birga o‘qishi, kutubxona va kitoblarni birga tanlashi ham muhim ekanligi eʼtirof etildi. Talabalar bola bilan hamfikrlikni kuchaytiruvchi shu kabi qator metodlar bo‘yicha saboqlar oldilar.