Bilimli avlod — barqaror taraqqiyot tayançi

Bilimli avlod — barqaror taraqqiyot tayançi

November 11 , 2026

|

32

Ta’limga sarflangan mablağ qaçon özini oqlaydi? Qaçonki bilim kasbiy mahoratga, kasbiy mahorat esa iqtisodiy qiymatga aylansa.

"Xalq sözi" gazetasining bugungi sonida e’lon qilingan "Bilimli avlod — barqaror taraqqiyot tayançi" nomli maqolada aynan şu masala iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil etilgan.

Maqola muallifi — Nordik universiteti Iqtisodiyot va biznesni boşqariş kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari böyicha falsafa doktori (PhD) Hasan Sabirov ta’limni ijtimoiy soha yoki budjet xarajati sifatida emas, balki mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy salohiyatini belgilovçi investitsiya sifatida talqin qilgan.

Maqolada e’tibor qaratilgan muhim jihat — ta’lim sifati va mehnat bozori örtasidagi boğliqlik. Bugungi kunda mehnat bozori nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy könikma, kasbiy kompetensiya, moslaşuvçanlik va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaş qobiliyatiga ega mutaxassislarni talab qilmoqda.

Muallif qayd etganidek, ta’lim dasturlari iqtisodiyot ehtiyojlariga moslaşişi, universitetlar esa iş beruvçilar bilan hamkorlikni kuçaytirişi zarur. Bunda talabalarning amaliy tajribasi, stajirovkalari, kasbiy tayyorgarligi va bitiruvçilarning iş bilan ta’minlanişi ta’lim samaradorligining muhim mezonlariga aylanadi.

Raqamlar ham ta’limdagi özgarishlar kölamini körsatadi:

➖ Oliy ta’lim bilan qamrov sönggi yillarda 9 foizdan 45 foizgaça oşdi.

➖ Maktabgaça ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga yetdi.

➖ Joriy yil ta’lim sohasi uçun 100,3 trillion söm mablağ ajratilgan.

Bu körsatkiçlar ta’lim imkoniyatlari kengayayotganini anglatadi. Maqolaning muhim jihati şuki, qamrovning ortişi bilan bir qatorda ta’lim sifati, bitiruvçilarning raqobatbardoşligi va investitsiyalarning natijadorligini ham ta’minlaş lozim.

Şu nuqtai nazardan zamonaviy universitetlar oldida turgan uçta muhim vazifa ham qayd etilgan.

Maqola mazmuni bilan "Xalq sözi" gazetasining 11-noyabr kungi sonida batafsil tanişişingiz mumkin.