🏛 O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida tashkillashtirilayotgan anjuman turli millat vakillarini birlashtirib, o‘zbekona qadriyatlarni dunyoga namoyish etish imkonini beradi.
Ushbu nufuzli universitetda taʼlim olayotgan talabalarimiz tomonidan tashkillanayotgan bayram tadbirida 50 dan ortiq davlatlar, turli millatlar vakillari bo‘lgan talabalar ishtirok etadilar. Mehmonlar o‘zbekona urf-odatlar, anʼanalar bilan tanishib, sumalak, palov, milliy pishiriqlarimizdan bahramand bo‘ladilar.
🔥 Barchani mehmondo‘stlik, betakror taʼmli noz-neʼmatlar, mehr va xush kayfiyat, musiqiy chiqishlar zavqi kutmoqda!
🗓 3-aprel, payshanba, 12:00.
🌸 Navro‘zning quvonchli lahzalarini biz bilan kuzating!




