15 nafar pedagoglar Nordik prorektori Odiljon Qo‘ysinov rahbarligida Finlandiya jamiyatiga kuchli taʼsirga ega tadqiqotlar universiteti - Jvyaskylada ilmiy amaliyot o‘tashga kirishdilar.
Delegatsiya aʼzolari universitetning noyob taʼlim tizimi, innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlari va tadqiqotlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Jvyaskyla universiteti nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ham boy tajribaga ega. Malaka oshirish jarayonida universitet olimlaridan bu tajribalar keng o‘rganilmoqda.
Shuningdek, universitetning zamonaviy kutubxona tizimi, unda saqlanayotgan noyob kitoblar, tadqiqot materiallari va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Bu malaka oshirish o‘quvi pedagoglar uchun nafaqat yangi bilimlar olish, balki kelgusida yurtimiz taʼlim sifatini oshirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatini bermoqda.
Finlandiya taʼlim modeli O‘zbekiston uchun qanday natijalar keltirishi mumkin? Ilmiy amaliyot jarayonlarida shu kabi savollarga javoblar izlashda davom etilmoqda.










