Xalqaro hamkorlik aloqalari
Yoshlarga imkoniyatlar uchun yangi hamkorlik
January 10 , 2025
132
10-yanvar kuni Nordik universitetiga Finlyandiyaning YXHTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Ms Katarine Lindstedt, Iqlim va atrof-muhit bo‘yicha maxsus elchi va maslahatchi Ms Edith Vakkilainen tashrif buyurdilar.
Nordikda namoyish etilayotgan fin sayyohi Karl Gustaf Emil Mannergeym ko‘rgazmasi nufuzli mehmonlar eʼtiborini o‘ziga tortdi va iliq fikrlar bildirdilar.
Uchrashuvda yoshlarning YXHT loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish va tobora dolzarb bo‘lib borayotgan suv resurslari masalalarida yangi tashabbuslar xususida konstruktiv munozaralar olib borildi.
Global masalalarda yoshlarning o‘rni va ahamiyati muhimligi eʼtirof etilib, ularga yangi imkoniyatlar yaratish, salohiyatlarini jamiyatlarni rivojlantirish yo‘lida birlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikka kelishildi.
So'ngilari
Lourens texnologiya universiteti Prezidenti o‘qish uchun borgan talabalarimiz bilan uchrashdi
Lourens (Lawrence) mintaqaviy universitetlar orasidagi reytingda 54-o‘rin egallab turgan, AQShdagi texnologik rivojlangan 13 ta universitetdan biridir...
Lourens texnologiya universiteti Prezidenti, taniqli olim, doktor Tarek M. Sobb ushbu nufuzli oliygohda o‘qishni davom ettirayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi.
Prezident va talabalarimiz o‘rtasidagi muloqot samimiy ruhda o‘tdi. Doktor Tarek Sobb talabalarni Lorens-Techning o‘ziga xosligi, yangi innovatsion taʼlim dasturlari va imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Amerikada o‘qish va muvaffaqiyatga erishishda zarur tavsiyalar berdi.
Lawrence Tech - www.ltu.edu
II-O‘zbekiston - Finlandiya biznes forumi: istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi bosqichi
Bugun Xalqaro Nordik universiteti tomonidan II "O‘zbekiston-Finlandiya xalqaro biznes-forumi"ning “Zamonaviy va innovatsion qurilish texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro anjumani tashkil etildi.
Finlandiyaning “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” yirik kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilfyotgan xalqaro forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, 50 ta mahalliy kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari hamda OAVlar vakillari ishtirok etmoqdalar.
Xalqaro Nordik universitetida ushbu forumning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy Konsuli, Nordik universiteti Kuzatuv kengashi raisi Alisher Jo‘rayevforumning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Forum doirasida Finlandiya kompaniyalarining eng zamonaviy qurilish texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari, asbob-uskunlari hamda qurilish konsepsiyalari namoyish etilishini ma’lum qildi.
Finlandiyaning Markaziy Osiyodagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raisanen forumda yetakchi fin kompaniyalari va mahalliy biznes vakillarining B2B, B2G uchrashuvlari tashkil etilishi o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolash va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. O'zbekistonda iqtisodiyot sektorlarining jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.
Finlandiyaning eng katta aksiyadorlik jamoalarini o‘z ichiga olgan “East office” kompaniyasi ijrochi direktori Janne Harjunpaa forum ishida barcha delegatlarga muvaffaqiyat tiladi.
Biznes-forumda delegatlar tomonidan ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar namoyish etildi. “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” kompaniyalarining innovatsion yechimlari, tajribalari, tadqiqot va biznes loyihalari, maqsadlari va O‘zbekistonda tizimlarga olib kirilishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalari bilan tanishildi.
Forumda biznes va ishbilarmon doiralar tomonidan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi.
O‘zbekiston - Finlyandiya kompaniyalarining iqtisodiy munosabatlarini kengaytirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan qo‘shma ishlab chiqarish va savdo ob’yektlarini yaratish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, iqtisodiy sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning amaliyotlarini tashkil etish kabi qator yo‘nalishlarda kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari mavjudligi ma’lum qilindi.
Forum doirasida B2B, B2G formatdagi uchrashuvlar o'tkaziladi va har tomonlama manfaatli hamkorlik borasida muzokaralar olib boriladi. Ishbilarmon doiralar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanadi va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishiladi.
Ma’lumot uchun: 2022-yil Xalqaro Nordik universiteti va “Saipro Group” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda ilk bor birinchi "O‘zbekiston-Finlyandiya xalqaro biznes-forumi" o‘tkazilgan. Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, xususan, Nokia, Reka Sables, FinnPartnership, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etgan.
Yana bir talabamiz Koreyada taʼlim oladi!
Nordik universiteti Janubiy Koreyaning Daegu universiteti bilan yangi taʼlim manbalari va resurslari bo‘yicha tajribalar hamda talabalar almashish borasida faol hamkorlik qilmoqda.
Nordik universiteti Janubiy Koreyaning Daegu universiteti bilan yangi taʼlim manbalari va resurslari bo‘yicha tajribalar hamda talabalar almashish borasida faol hamkorlik qilmoqda.
Hamkorlik natijasida Nordikning 1 nafar talabasiga Daeguda o‘qish uchun grant taqdim etildi.
Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Madinabonu Mahmudaliyeva ushbu nufuzli oliygohda o‘qish uchun Koreyaga yo‘l oladi. O‘qish xarajatlari grant dasturi tomonidan qoplanadi.
Nordik talabalari uchun Laplandiyada imkoniyat eshiklari ochilmoqda
Nordik universitetiga Laplandiya gubernatori Dr. Hannu Takkula va Finlandiya tashqi ishlar vazirligi vakili Jari Vilen tashrif buyurdilar.
Nufuzli mehmonlarning talabalar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Fin diplomati va siyosatchisi Jari Vilen talabalarga xalqaro reytinglarda eng barqaror, eng baxtli va teng huquqlilar mamlakati - Finlandiyaning tarixi va buguni haqida muhim ma'lumotlar berdi.
Laplandiya meri Hannu Takkula talabalarni hududning dunyo va yoshlar uchun keng imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Talabalar Laplandiyada yashash, biznes yuritish, ish va sayohat haqidagi ko‘plab savollariga javoblar oldilar.
Tashrif davomida Nordik universiteti rahbariyati va Laplandiya meri Hannu Takula o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.
Muzokara davomida akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma tadqiqotlar, innovatorlar va yetakchilar avlodini kuchaytirish, talabalar uchun work and travel dasturlari amalga oshirishga qaratilgan Memorandum imzolandi.