Xalqaro hamkorlik aloqalari
II-O‘zbekiston - Finlandiya biznes forumi: istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikning yangi bosqichi

January 21 , 2025
117
Bugun Xalqaro Nordik universiteti tomonidan II "O‘zbekiston-Finlandiya xalqaro biznes-forumi"ning “Zamonaviy va innovatsion qurilish texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro anjumani tashkil etildi.
Finlandiyaning “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” yirik kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilfyotgan xalqaro forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, 50 ta mahalliy kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari hamda OAVlar vakillari ishtirok etmoqdalar.
Xalqaro Nordik universitetida ushbu forumning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy Konsuli, Nordik universiteti Kuzatuv kengashi raisi Alisher Jo‘rayevforumning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Forum doirasida Finlandiya kompaniyalarining eng zamonaviy qurilish texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari, asbob-uskunlari hamda qurilish konsepsiyalari namoyish etilishini ma’lum qildi.
Finlandiyaning Markaziy Osiyodagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raisanen forumda yetakchi fin kompaniyalari va mahalliy biznes vakillarining B2B, B2G uchrashuvlari tashkil etilishi o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolash va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. O'zbekistonda iqtisodiyot sektorlarining jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.
Finlandiyaning eng katta aksiyadorlik jamoalarini o‘z ichiga olgan “East office” kompaniyasi ijrochi direktori Janne Harjunpaa forum ishida barcha delegatlarga muvaffaqiyat tiladi.
Biznes-forumda delegatlar tomonidan ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar namoyish etildi. “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, “Elematic” va “East office” kompaniyalarining innovatsion yechimlari, tajribalari, tadqiqot va biznes loyihalari, maqsadlari va O‘zbekistonda tizimlarga olib kirilishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalari bilan tanishildi.
Forumda biznes va ishbilarmon doiralar tomonidan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi.
O‘zbekiston - Finlyandiya kompaniyalarining iqtisodiy munosabatlarini kengaytirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan qo‘shma ishlab chiqarish va savdo ob’yektlarini yaratish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, iqtisodiy sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning amaliyotlarini tashkil etish kabi qator yo‘nalishlarda kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari mavjudligi ma’lum qilindi.
Forum doirasida B2B, B2G formatdagi uchrashuvlar o'tkaziladi va har tomonlama manfaatli hamkorlik borasida muzokaralar olib boriladi. Ishbilarmon doiralar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanadi va kelajakda istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishiladi.
Ma’lumot uchun: 2022-yil Xalqaro Nordik universiteti va “Saipro Group” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda ilk bor birinchi "O‘zbekiston-Finlyandiya xalqaro biznes-forumi" o‘tkazilgan. Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, xususan, Nokia, Reka Sables, FinnPartnership, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etgan.
So'ngilari

Sergey Stanovkindan master-klass: mamlakat brendini yaratishda OAVning o‘rni
Xalqaro Nordik universiteti “Uzreport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ga BBCning Yevrosiyo bo‘yicha tijorat vakillari boshlig‘i, "European News Academy" va "Dars consulting" direktori Sergey Stanovkin tashrif buyurdi.
BBC tahririyatining tajribali vakili bilan Jurnalistika yo‘nalishi va mutaxassisligi talabalarining uchrashuvi tashkillandi. Talabalar bilan muloqotda Sergey Stanovkin xalqaro OAV va kommunikatsiyalar sohasidagi tajribalari, tijoriy televizion dasturlarni boshqarish mahorati, global hamkorliklarning innovatsion imkoniyatlarini targ‘ib etish bo‘yicha ko‘nikmalarini yetkazdi.
Maʼruzachi stereotiplar masalasiga to‘xtalib, ularni o‘rganish va shakllantirish juda muhimligini eʼtirof etdi. Stereotiplar bilan kurashish qiyinligi, ammo ko‘pincha ulardan foydalanish mumkinligini qayd etib o‘tdi.
Uchrashuvda talabalarga qator OAVlarning brend yaxlitligi va nufuzi darajalari bo‘yicha ham tadqiqiy maʼlumotlar taqdim etildi. Ishonchlilik va obro‘ darajalari, ularning jamoatchilik orasida qabul qilinishi diagrammalar asosida sharhlab berildi.
"Davlat kommunikatsiyalari, xususan mamlakat brendi va investitsiyalarni targ‘ib qilish sohasida xodimlarning shaxsiy malakasi muvaffaqiyat omili hisoblanadi. Bu shunchaki axborotni ishlab chiqish va tarqatish emas, balki strategik kommunikatsiyalar sanʼatini egallash va umumiy brend maqsadlariga muvofiq harakat qilishni anglatadi.
Jurnalistning intervyu jarayonida shaxsiy muloqot ko‘nikmalari, qiyin savollardan qochish qobiliyati ham davlatning PR faoliyatiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi. Intervyu jarayonida faqatgina axborotni chuqur tahlil qilish emas, balki materialni ijodiy taqdim etish ham muhim.
Axborot muhitini to‘g‘ri baholash, OAV platformalarini to‘g‘ri tanlash va ulardan unumli foydalanish, tezkor tahlil qilish, tekshirish va eng samarali formatda yetkazish qobiliyati muhimdir.
Soxta yangiliklar mamlakat imidjiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan zamonda jurnalistning axborotni tez va aniq tekshirish, tasdiqlash va yolg‘on maʼlumotlarga qarshi kurashish qobiliyati juda muhimdir", dedi Sergey Stanovkin.
Muloqotda OAV platformalarini tahlil qilish, ularning miqdoriy va sifat jihatlarini hisobga olish muhimligi ham taʼkidlandi. Media strategiyasida muvaffaqiyat moddiy va nomoddiy omillarning uyg‘unligiga bog‘liqligi, OAV manbasining ishonchliligi ko‘pincha xabardagi yangilikdan ham ko‘proq ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, tomoshabinlarning turli brendlar, masalan BBC World News, Bloomberg, CNBC, CNNni tomosha qilishi va qanday qabul qilayotgani turli indikatorlar asosida tahlil qilindi. Jumladan, ishonchli, taʼsirli, rag‘batlantiruvchi, doim birinchi xabardor qiluvchi, majburiy ko‘riluvchi kabi indikatorlarda har bir brendning qadriyatlari aks etishi maʼlum qilindi.
Muloqot davomida maʼruzachi turli mamlakatlarning kelajak brendlarini yaratishda ahamiyatli jihatlar bo‘yicha ham tajribalari bilan bo‘lishdi. Norvegiya, Germaniya kabi qator davlatlarning o‘ziga xosligi ochib berilgan videomateriallar namoyish etildi.
Mamlakat brendining global ijtimoiy media muloqotlarida tilga olinishi, ilg‘or texnologiyalari, merosi va madaniyati, turmush darajasi, qaysi sohalarda eng tajribali ekanligi, tabiiy go‘zalligi, ekologik standartlarga muvofiqligi borasidagi aniq, tahliliy maʼlumotlardan foydalanish maqsadga muvofiqligini aytib o‘tildi.
Britaniyaning DARS FILMS studiyasi tomonidan Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi buyurtmasi asosida tayyorlangan 90 soniyali mini-filmdan ayrim lavhalar namoyish etildi. Film asosida zamonaviy Qozog‘istonning rivojlanish tarixi, raqobatdosh afzalliklari va yutuqlarini taqdim etish uslublariga nazar solindi. O‘tmish va hozirgi kun uyg‘unligi orqali mamlakatning dinamik rivojlanishi ochib berilib, mamlakat kelajak brendi ulkan rivojlanish salohiyatiga ega sifatida ko‘rsatildi.
Maʼruzada mamlakat imidji va brendini tanitishda jurnalistlar oldida turgan maqsad, vazifalar, yechimlar har jihatdan ochib berildi.
Master-klassda globalizatsiya va raqamli transformatsiya davrida audiovizual OAVning kelajagiga keng nazar tashlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar oldilar.
BBCning televideniye, radio xizmatlari va veb-sayt kontentlari yaratishdagi mukammal tajribalari talabalar, jurnalistlar tayyorlovchi o‘qituvchilar uchun o‘ziga xos tajriba maktabi vazifasini o‘tashi va bu borada BBC Xalqaro Nordik universiteti “Uzreport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi” bilan hamkorlikka tayyorligi maʼlum qilindi.
Universitet rahbariyati tomonidan Sergey Stanovkinga Xalqaro Nordik universiteti Faxriy professori unvoni topshirildi.
Nufuzli mehmon Nordik dil izhorlari kitobiga iliq fikrlarini yozib qoldirdi.

Nordikda Osiyo Tinch okeani universiteti (APU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Malayziyaning ilg‘or xususiy universiteti APUning texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan faoliyati, milliy hamda xalqaro darajadagi yutuq va muvaffaqiyatlari bilan tanishildi.
Uchrashuvda imiy sohalar, xodimlar va talabalar almashinuvi, malaka oshirish dasturlari va xorijiy ilmiy maslahatchi tanlash xususida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Malayziyaning xorijiy talabalari eng ko‘p universiteti, yaʼni 110 dan ortiq mamlakatdan 11 000 nafar hamda 500 nafardan ortiq o‘zbek talabalari taʼlim olayotgan APU va Nordik o‘rtasida qator istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘zda tutuvchi memorandum imzolandi.

Nordik universitetida xalqaro hamkorlik sari yangi qadamlar
Nordik universitetiga YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonovlarning tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqot davomida Qirg‘iziston oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik: talabalar almashinuvi, qo‘shma konferensiya va seminarlar o‘tkazish, Nordik universitetida ochilayotgan AQSh bilan qo‘shma taʼlim dasturlarida qirg‘iz yoshlarining taʼlim olishini yo‘lga qo‘yish xususida so‘z bordi.
Nufuzli mehmonlar universitetda namoyish etilayotgan Karl Gustaf Mannergeym fotosuratlari ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Universitet dil izhorlari kitobiga iliq taassurot va tilaklarini yozib qoldirdilar.

Malayziya oliy taʼlim tajribalari keng o‘rganildi
Mamlakatimiz Prezidentining Malayziyaga rasmiy tashrifi, O‘zbekiston-Malayziya taʼlim forumi doirasida amalga oshirilayotgan ikki davlat oliy taʼlim muassasalari uchrashuvlari qizg‘in kechdi...
Xususan, Xalqaro Nordik universiteti delegatsiyasi davlatlarimizning strategik manfaatlari va oliy taʼlim rivojiga hissa qo‘shadigan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdilar.
Malayziya Perlis universiteti (UniMAP)ga tashrif davomida innovatsion taʼlim metodlari, xorijiy talabalar va o‘qituvchilar uchun imkoniyatlar, xalqaro taʼlim grantlari va dasturlari bilan tanishildi.
Universitet rahbariyati bilan istiqbolli sohalarda muzokaralar o‘tkazildi, tadqiqot va innovatsiyalar yo‘nalishlaridagi yutuqlari keng o‘rganildi hamda o‘zaro tajribalar almashildi.