Xalqaro maydonda yana bir yorqin g‘alaba!

June 28, 2026
124

Iqtidorli talabamiz Shahzodabonu Akramova "Yoz ohanglari" xalqaro tanlovida dutor ijrochiligi yo‘nalishida I darajali laureat bo‘ldi.

Ustoz Nozima Abdumajidova esa yosh iste'dod egasini yuksak saviyada tayyorlagani uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak natija bois Shahzodabonuga navbatdagi xalqaro tanlovlarda ishtirok etish uchun maxsus sertifikat va imtiyozlar ham taqdim etildi!