Nordik universitetida «Dancing Club» milliy raqs mashg‘ulotlari tashkil etildi

October 29, 2026
96

Nordik universitetida talabalarni milliy raqs san’ati bilan tanishtirish, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va san’at orqali o‘zligini namoyon etishga imkon yaratish maqsadida «Dancing Club» mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

Mashg‘ulotlar quyidagi jadval asosida o‘tkazilmoqda:

  • har seshanba va juma kunlari soat 13:30 dan 15:30 gacha;

  • manzil: 3-bino, Chust ko‘chasi 17-uy, 706-xona.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar milliy raqs harakatlarini o‘rganmoqda, milliy raqslarimizning nafisligi va go‘zalligi bilan tanishmoqda. Bu esa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yangi do‘stlar orttirish va o‘zaro hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.