Pedagogika kafedrasida ishlab chiqilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tabiiy fanlarga tayyorlash modeli 2-kurs talabalari ishtirokida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Singapur (NTU–NIE), Xelsinki universiteti va UCL tajribasi asosida yaratilgan model uch bosqichni birlashtiradi: fan asoslarini anglash → tadqiqot asosida o‘qitish → bilimlarni STEAM orqali hayotga tatbiq etish.
🧪 Ayni paytda biologiya bo‘limi yakunlanmoqda. Keyingi bosqichlarda kimyo, fizika va geografiya yo‘nalishlari ham qamrab olinadi.






Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring