Nordik universitetida Gruziya milliy raqsi va madaniyatini o‘rgatuvchi mashg‘ulotlar tashkil etildi

October 29, 2026
142

Nordik universitetida talabalarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida Gruziyaning milliy raqsi va madaniyatini o‘rgatuvchi mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.

Mashg‘ulotlar talabalar uchun qulay bo‘lishi uchun ikki guruhga bo‘lib, quyidagi jadval asosida o‘tkazilmoqda:

  • dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 da, 3-binoda;

  • seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14:15 da, Sebzor kampusida.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar Gruziya milliy raqs san’ati, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda madaniy an’analari bilan tanishmoqda. Bu esa talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va turli madaniyatlarga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.