Tadbirning maqsadi — talabalarning OIV/OITS haqidagi bilimlarini oshirish, OIVning yuqish yo‘llari, profilaktikasi va davolash usullari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash, shuningdek, OIV bilan yashovchi insonlarga nisbatan bag‘rikeng munosabatni shakllantirish hamda stigma va diskriminatsiyaning oldini olish.
Viktorina davomida talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, OIV haqidagi ilmiy asoslangan ma’lumotlarni mustahkamladilar va OIV bilan yashovchi insonlarga nisbatan hurmatli, kamsitishsiz munosabatni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor angladilar.






Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring