Xorijiy davlatda o‘qishni xohlaysizmi?

April 08 , 2025
24
Xalqaro Nordik Universiteti hamda Malayziyaning Utara Universiteti hamkorligida tashkil etilgan "Student Exchange Program" uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Bu dastur:
✅ Xorijiy tajriba va bilim
✅ Yangi madaniyat va do‘stlar
✅ Akademik va shaxsiy rivojlanish imkoniyati.
Ro‘yhatdan o‘tish havolasi (https://t.me/NIU_International_Affairs/321)
📌 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 10-aprelgacha.
So'nggilari

Motivatsion Club klubi tomonidan universitet psixologi bilan hamkorlikda qo‘rquvni yengish bo‘yicha amaliy psixologik trening o‘tkazildi. Ushbu treningda ishtirokchilarga nafaqat o‘z ichki qo‘rquvlarini engish, balki psixologik barqarorlikni saqlash va ruhiy salomatlikni yaxshilash yo‘llari ham o‘rgatildi. Treningda qo‘rquv va stressni yengish uchun turli metodlar, shu jumladan, yaratish va ijodkorlik orqali o‘zini ifoda etish usullari ham ko‘rib chiqildi.

Nordik universiteti dekanati tashabbusi bilan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 327-maktabda o‘quvchilar o‘rtasida "Zakovat" musobaqasi tashkil etildi.

Nordik Speaking Club klubi tomonidan o‘tkazilgan piknikda til sertifikati olish uchun yuqori natijalarga erishish yo‘llari bo‘yicha maxsus master-klass suhbatlari tashkil etildi. Ushbu tadbirda ishtirokchilarga til o‘rganish jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan samarali strategiyalar, amaliy maslahatlar va foydali usullar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Xalqaro Nordik Universiteti Suxandonlik klubi tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida ilhom, quvonch va ma'naviy yuksalishga boy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu oddiy tadbir emas edi — bu yurakdan chiqqan so‘zlar, so‘z orqali yurakka yetgan his-tuyg‘ular uchrashuvi bo‘ldi.