Motivatsion Club: Qo‘rquvni Yengish va Ijodiy Ifoda Orqali Psixologik Barqarorlikni Saqlash

May 07 , 2025

|

5

Motivatsion Club klubi tomonidan universitet psixologi bilan hamkorlikda qo‘rquvni yengish bo‘yicha amaliy psixologik trening o‘tkazildi. Ushbu treningda ishtirokchilarga nafaqat o‘z ichki qo‘rquvlarini engish, balki psixologik barqarorlikni saqlash va ruhiy salomatlikni yaxshilash yo‘llari ham o‘rgatildi. Treningda qo‘rquv va stressni yengish uchun turli metodlar, shu jumladan, yaratish va ijodkorlik orqali o‘zini ifoda etish usullari ham ko‘rib chiqildi.

Maxsus tayyorlangan slayim materialidan foydalanib, ishtirokchilar mavjud bo‘lmagan hayvonlarni yasash orqali terapevtik amaliyotlar o‘tkazdilar. Bu faoliyat, bir tomondan, ishtirokchilarga ijodiy yondashuvni rivojlantirish, boshqa tomondan esa o‘zlarining ichki qo‘rquvlarini engish va ular bilan yuzma-yuz kelish imkoniyatini yaratdi. Slayimdan hayvon yasash jarayoni orqali ishtirokchilar qo‘rquvlarini tasavvuriy tarzda ifodalash, bu qo‘rquvni ko‘rish va uni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Psixologik treningda qatnashchilar o‘zlarining noxush his-tuyg‘ulari bilan yuzma-yuz kelish, ular bilan ishlash va o‘z ichki resurslarini topish yo‘llarini o‘rganishdi. Treningda ishtirokchilarga qo‘rquvni tan olish, uni qabul qilish va undan qanday foydali tarzda foydalanish mumkinligini tushuntirildi. Shuningdek, slayim yaratish jarayoni orqali ijodiy ifoda etish va stressni boshqarish qobiliyatlari rivojlantirildi.Bu kabi amaliy treninglar, ishtirokchilarga nafaqat psixologik yordam, balki o‘z-o‘zini anglash va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash imkonini beradi. Ular o‘z hayotlarida yuzaga keladigan qo‘rquv va xavotirlarni yengib, yanada barqaror va ishonchli bo‘lishga yordam beradi.

photo-2025-05-08-10-37-08
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-08-10-37-22
Ko‘rib chiqish
Chop etish

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish