TasIMO-2025: 2-kun – Katta tayyorgarlik, katta ishonch bilan!

May 19 , 2025

|

16

“TasIMO-2025” fan olimpiadasining ikkinchi kuni o‘zining qizg‘in va ilhomlantiruvchi lahzalari bilan davom etdi. 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bilim, tafakkur va izlanuvchanlik maydoniga aylangan musobaqa har bir ishtirokchida katta umid va yuksak maqsadlarni alangalatmoqda.

“MEDALGA UMIDIM BOR!” — degan shior bugun har bir ishtirokchining ko‘zida porlab, yuragida jo‘sh urdi. O‘zbekistonning turli hududlaridan va xalqaro maktablardan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

TasIMO sahnasida – dunyo yoshlari bellashmoqda!

Xalqaro doirada o‘tayotgan olimpiadada Xitoy, Germaniya, Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Markaziy Osiyo davlatlari, Gruziya, BAA, Rossiya kabi mamlakatlardan kelgan bilimdon yoshlar – o‘z davlatlarining milliy terma jamoalari vakillari bilan bir sahnada bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa olimpiadani chinakam global ta’lim maydoniga aylantirmoqda.

Eksklyuziv sayohatlar – bilim va ilhom manbai

TasIMO doirasida ishtirokchilar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda, balki madaniy va ilmiy sayohatlar orqali o‘z dunyoqarashlarini ham kengaytirishmoqda.

  • Tashkent City Mall’dagi “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ishtirokchilarga tarixiy ongni boyituvchi ta’sirli taassurotlar ulashdi.
  • Adiblar xiyoboni va Magic City’da o‘tkazilgan madaniy tadbirlar esa ishtirokchilarning ijodiy fikrlashini kuchaytirdi.
  • Finalchilarning navbatdagi manzili – Toshkent Politexnika Muzeyi bo‘lib, u yerda yosh matematiklar retro avtomobillar bilan tanishib, texnologiyalar olamida o‘z bilim doiralarini yanada kengaytirdilar.

Har bir ishtirokchi o‘zining bilim yo‘lida jasoratli qadamlari bilan “TasIMO-2025” tarixiga o‘z izini qoldirmoqda. Bu – nafaqat medallar uchun kurash, balki o‘zini kashf qilish, yurt va dunyo uchun foydali bo‘lgan yosh avlod sifatida shakllanish jarayonidir.

photo-2025-05-18-11-37-30
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-18-11-37-31
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-19-16-47-38
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-19-16-47-52
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-19-16-48-06
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-19-16-48-37
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-19-16-48-18
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-19-16-48-54
Ko‘rib chiqish