TasIMO-2025: 3-kun — Matematika, tabiat va bayram ruhi!

May 20 , 2025
25
“TasIMO-2025” olimpiadasining uchinchi kuni ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar va ajoyib kayfiyat baxsh etdi! TasIMOchilar navbatdagi manzilga — Green Hills resort, Bo‘stonliq tog‘larining bag‘riga yo‘l olishdi.
Betakror tabiat manzaralari, toza tog‘ havosi va yashillik bilan to‘yingan dam olish maskani – bu yerda nafaqat tana, balki qalb ham orom oldi. “Matematika festivali” tabiat qo‘ynida haqiqiy bayramga aylandi!
Matematika + Tabiat = Cheksiz Energiya!
Uchinchi kun dasturi doirasida:
- Matematika festivali ishtirokchilarni bilim, mantiq va ijodiy fikrlash muhitiga chorladi;
- Tabiatda hordiq va tog‘ havosidan bahramand bo‘ldik;
- Musiqa, jonli ijro va qiziqarli interaktiv o‘yinlar barchaning kayfiyatini ko‘tardi;
- Animatorlar ishtirokidagi shoular esa kunni yanada rang-barang va zavqli qildi!
“Green Hills”da har bir lahza — bayramga aylangan on!”
Bu kun nafaqat tanlov, balki do‘stlik, madaniy almashinuv va xotiralarga boy damlar uchun ham muhim bo‘ldi. Ishtirokchilar bir-biri bilan yaqinroq tanishish, bilimdan tashqari hissiy jihatdan ham boyish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📍 Ertaga esa barchani orziqib kutilayotgan final — TasIMO-2025 ning tantanali taqdirlash va yopilish marosimi kutmoqda. Medallar, diplomlar, faxriy unvonlar va eng muhimi — hayot davomida esda qoladigan yutuqlar e’lon qilinadi!
















So'nggilari

2025-yil bitiruvchilari uchun unutilmas voqealardan biri — sirtqi taʼlim yo‘nalishi bitiruvchi-talabalari bilan universitet rektori, hurmatli Sherzod Mustafakulovning ochiq va samimiy uchrashuvi bo‘ldi.

4-kun, “TasIMO-2025” xalqaro matematika olimpiadasi o‘zining eng hayajonli va tarixiy lahzalaridan birini boshdan kechirdi — g‘oliblarni taqdirlash va yopilish marosimi poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

“TasIMO-2025” fan olimpiadasining ikkinchi kuni o‘zining qizg‘in va ilhomlantiruvchi lahzalari bilan davom etdi. 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bilim, tafakkur va izlanuvchanlik maydoniga aylangan musobaqa har bir ishtirokchida katta umid va yuksak maqsadlarni alangalatmoqda.

Bugun yurtimizda nufuzli va intellektual musobaqalardan biri — “TasIMO–2025” xalqaro matematika olimpiadasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu olimpiada matematikani sevuvchi, mantiqiy tafakkurga ega eng iqtidorli yoshlarni birlashtiruvchi bilim maydonidir.