Yakuniy imtihonlar boshlandi

Yakuniy imtihonlar boshlandi

January 07 , 2025

|

143

Имтиҳон

Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun semestr davomida o‘tilgan fanlardan yakuniy imtihonlar tashkil etilmoqda.


Dastlab talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning qator savollariga javoblar berildi va mustaqil ta'limning ahamiyati targ‘ib qilindi.


Shundan so‘ng test topshiriqlari asosida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonlariga kirishildi. 


Barcha talabalarga yakuniy imtihonlarda omad tilaymiz!

Chop etish

So'ngi yangiliklar

Xasan Sabirov dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!

Xasan Sabirov dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!

U belgilangan maxsus fan imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, 08.00.06 — "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik diplomini oldi. 


Xasan Sabirovni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Nordik tadqiqotchilari ilmiy-amaliy seminarda

Nordik tadqiqotchilari ilmiy-amaliy seminarda

Ilmiy va innovatsion departament boshlig‘i Farhod Irisqulov va Magistratura fakulteti dekani Zulfiya Hamidova mavzu doirasida seminar-trening o‘tkazdilar. IMRAD formatida maqola tayyorlash va chop etish borasida zarur tavsiyalar berdilar. 


Universitet doktorantlari Rushana Aliakbarova va Dilnoza Sabrdjanovalar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan erishilgan natijalari bo‘yicha hisobotlar berdilar. 


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odil Qo‘ysinov ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tajribalarini yetkazdi. 


Anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan seminarlar davomida tadqiqotchilar ilmiy faoliyatlarida muhim savollariga javoblar olishmoqda. 

Hurmatli ota-onalar!

Hurmatli ota-onalar!

Muloqotda XNU rahbariyati va tegishli tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadilar. 


Muloqot davomida:


➖farzandlaringizning o‘qish jarayoni


➖fakultetdagi ta’lim sifati va kelajakdagi rejalaridan xabardor bo‘lish


➖o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga onlayn javob olishingiz mumkin.


Muloqot vaqti:


📅 Shanba, 15-mart

⏰ Soat 16:00

📍 Onlayn muloqotga qo‘shilish uchun telegram kanalimizga a’zo bo‘ling:


🔗 https://t.me/xnu_dekanati


🙌 Talabalar taʼlim-tarbiyasida Sizlar bilan hamkorlik biz uchun juda muhim!

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!

Tanlov musiqa va sanʼat yo‘nalishida iste’dod egalarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va turli mamlakatlarning musiqa san’atini jahonda keng targ‘ib etish, yosh ijrochilarning ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi va yurtimizdagi nufuzli telekanallar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Xalqaro Nordik universiteti musiqa taʼlimi o‘qituvchisi Charos Ahmedova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. 


Mahoratli ustozimiz akademik xonandalik yo‘nalishida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat yurtimiz sanʼat sohasi rivojiga qo‘shilgan muhim hissa, balki yosh isteʼdodlarning xalqaro muqyosdagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish