Xalqaro Nordik universitetiga Navoiy viloyati hokimining Finlyandiyalik maslahatchisi tashrif buyurdi

Xalqaro Nordik universitetiga Navoiy viloyati hokimining Finlyandiyalik maslahatchisi tashrif buyurdi

September 23 , 2022

|

64

Uchrashuvda hududning ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sohada olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Navoiy viloyati hokimligining tashabbusi bilan Xalqaro Nordik universiteti ko‘magida Finlyandiya Respublikasining ta’lim bo‘yicha nufuzli eksperti Xanne Koli xonim Toshkentga yetib keldi. Ushbu mutaxassis ertadan Navoiy viloyati hokimiga ta’lim bo‘yicha maslahatchi sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi. Xanne Koli xonim Navoiy viloyati xalq ta’limi pedagoglari bilan ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuboradi.

Chop etish

So'ngi yangiliklar

Hurmatli ota-onalar!

Hurmatli ota-onalar!

Muloqotda XNU rahbariyati va tegishli tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadilar. 


Muloqot davomida:


➖farzandlaringizning o‘qish jarayoni


➖fakultetdagi ta’lim sifati va kelajakdagi rejalaridan xabardor bo‘lish


➖o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga onlayn javob olishingiz mumkin.


Muloqot vaqti:


📅 Shanba, 15-mart

⏰ Soat 16:00

📍 Onlayn muloqotga qo‘shilish uchun telegram kanalimizga a’zo bo‘ling:


🔗 https://t.me/xnu_dekanati


🙌 Talabalar taʼlim-tarbiyasida Sizlar bilan hamkorlik biz uchun juda muhim!

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!

Charos Ahmedova Yevropa yulduzlari safida!

Tanlov musiqa va sanʼat yo‘nalishida iste’dod egalarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va turli mamlakatlarning musiqa san’atini jahonda keng targ‘ib etish, yosh ijrochilarning ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. 


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi va yurtimizdagi nufuzli telekanallar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Xalqaro Nordik universiteti musiqa taʼlimi o‘qituvchisi Charos Ahmedova yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. 


Mahoratli ustozimiz akademik xonandalik yo‘nalishida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat yurtimiz sanʼat sohasi rivojiga qo‘shilgan muhim hissa, balki yosh isteʼdodlarning xalqaro muqyosdagi muvaffaqiyatlaridan biri bo‘ldi.

Maxsus pedagogika: “LogoNordik” korreksion yordam markazi ochildi!

Maxsus pedagogika: “LogoNordik” korreksion yordam markazi ochildi!

Tajribali mutaxassislarimiz tomonidan ilk, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini aniqlash, tashxis qo‘yish va bartaraf etish bo‘yicha maxsus xizmatlar ko‘rsatiladi.


Markazda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha korreksion ishlar olib boriladi:


➖ Dislaliya, dizartriya, duduqlanish

➖ Alaliya, autizm

➖ SDVG — giperaktivlik

➖ Daun sindromi

➖ Logopedik massaj

➖ Disgrafiya, disleksiya (yozish va o‘qish buzilishlari)ni bartaraf etishga ko‘maklashiladi. 


✅ Ota-onalarga nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur maslahatlar beriladi. 


Muhimi, Maxsus pedagogika yo‘nalishida taʼlim olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratiladi.


“LogoNordik” markazi — farzandlarning har jihatdan rivojlanishi yo‘lidagi ishonchli qadamdir!

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish takliflari bildirildi.


Yevropa Ittifoqining ta'lim, o‘qitish sohalarida loyihalar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash Erasmus+ dasturi va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalarda hamkorlikka kelishildi. 


Maʼlumot uchun, 1883-yilda tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatning eng qadimgi va ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 80 000 nafardan ziyod talabalari mavjud bo‘lib, 5 000 nafardan ortig‘ini xorijiy talabalar tashkil etadi.


Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish