Qabul tartibi va ta’lim jarayoni bo‘yicha muhim savollarga javoblar.

Qabul tartibi va ta’lim jarayoni bo‘yicha muhim savollarga javoblar.

January 20 , 2023

|

248

Qabul tartibi va ta’lim jarayoni bo‘yicha muhim savollarga javoblar.

SAVOL: Musiqa ta'limi yo‘nalishiga hujjat topshirish tartibi qanday❓

JAVOB: Musiqa ta’limi yo‘nalishiga umumta’lim maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, bolalar ijodiyot uylarida musiqa/ashula fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borayotgan hamda tizimda 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat staji va ish beruvchining Tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlardan hujjatlar qabul qilinadi.

SAVOL: Magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari qay tarzda o‘tkaziladi? Til bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat talab qilinadimi❓

JAVOB: Magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari yozma va suhbat shaklida tashkil etiladi. Xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi, lekin bunday sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga kirish imtihonlarida ustuvorlik beriladi.

SAVOL: Sirtqi ta'lim shaklida darslar qanday o‘tiladi❓

JAVOB: Sirtqi ta’lim shakli yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalarga darslar gibrid usulda (oflayn va onlayn) tashkil etiladi.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi

Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.


Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.

Nordikda dasturchilar bahsi!

Nordikda dasturchilar bahsi!

🏆 G‘oliblarimiz bilan tanishing:


🥇 1-o‘rin:

Lochinbek Abdullayev – 1-KI-24-guruhi talabasi

Imomjon Nazarov – 1-KI-24-guruhi talabasi. 


🥈 2-o‘rin:

Dilmurod Almurotov – 1-KI-23-guruhi talabasi. 


🥉 3-o‘rin:

Shahzod Mirzarahmatov – 1MDS-24-guruhi (magistratura) talabasi. 


IQ, ijod va innovatsiya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar taqdirlandilar.


Shvetsiya delegatsiyasi Nordik universitetida: ta’lim va sanoat integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv

Shvetsiya delegatsiyasi Nordik universitetida: ta’lim va sanoat integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Nordik universitetida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari hamrohligidagi delegatsiya va Nordik universiteti rahbariyati o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi. 


Delegatsiya tarkibida "EOL Vent Mining", "Sandvik", "Epiros", "Scania", "Skf", "Ericsson", "Atlas Copco" kabi Shvetsiyaning yirik, ilg‘or sanoat kompaniyalari rahbarlari va menejerlari ishtirok etdilar. Mazkur kompaniyalar konchilik, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va energetika sohalarida innovatsion yechimlari bilan tanilgan.


Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, innovatsion, taʼlim va sanoat hamkorligi asoslarini shakllantirishga ahamiyat qaratildi. 


Tashrif doirasida mehmonlar universitet infratuzilmasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro loyihalari bilan tanishtirildilar. Uchrashuvda ta’lim va sanoat integratsiyasi, talabalar amaliyoti, qo‘shma ilmiy loyihalar, hamkorlikda inkubatsiya markazlari yaratish, soha mutaxassislarini tayyorlash kabi dolzarb masalalarda fikr almashildi va kelishuvlar amalga oshirildi. 


Nordik universitetining xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasidagi strategiyasi Shvetsiya kabi ilg‘or davlatlar bilan hamkorlikda zamonaviy, raqobatbardosh va amaliy bilimlarga asoslangan ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!

Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!

Uchrashuvda u siyosiy sharh tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari, ko‘plab ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati, yangi nashr - "Sharhlovchining mashaqqatli yo‘li" kitobi haqida so‘z yuritdi.


Sharhlovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerak? Bu borada ustoz-sharhlovchi talabalarga zarur tavsiyalar berdi: 


🟢Tarixiy, siyosiy, geografik bilimlar; 

🟢diplomatiya asoslarini o‘rganish; 

🟢xalqaro materiallar tayyorlashda tashqi siyosatni chuqur bilish; 

🟢xalqlarga xos urf-odatlarni bilish; 

🟢savol berish madaniyati va tahliliy yondashuvga ega bo‘lish. 


Uchrashuvda har bir jurnalist har doim izlanishda bo‘lishi va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmasligi kerakligi taʼkidlandi. 

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish