Yangiliklar
Prezident murojaatnomasi

December 20 , 2022
153
Prezident 2023-yilni "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb e'lon qildi.
Prezidentimizning 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish tashabbusi yig‘ilganlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
“Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?
Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.
Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz – bu bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi?
Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi davlatimiz rahbari.
So'nggi yangiliklar

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi
Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.

Nordikda dasturchilar bahsi!
🏆 G‘oliblarimiz bilan tanishing:
🥇 1-o‘rin:
Lochinbek Abdullayev – 1-KI-24-guruhi talabasi
Imomjon Nazarov – 1-KI-24-guruhi talabasi.
🥈 2-o‘rin:
Dilmurod Almurotov – 1-KI-23-guruhi talabasi.
🥉 3-o‘rin:
Shahzod Mirzarahmatov – 1MDS-24-guruhi (magistratura) talabasi.
IQ, ijod va innovatsiya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar taqdirlandilar.

Shvetsiya delegatsiyasi Nordik universitetida: ta’lim va sanoat integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv
Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Nordik universitetida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari hamrohligidagi delegatsiya va Nordik universiteti rahbariyati o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi.
Delegatsiya tarkibida "EOL Vent Mining", "Sandvik", "Epiros", "Scania", "Skf", "Ericsson", "Atlas Copco" kabi Shvetsiyaning yirik, ilg‘or sanoat kompaniyalari rahbarlari va menejerlari ishtirok etdilar. Mazkur kompaniyalar konchilik, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va energetika sohalarida innovatsion yechimlari bilan tanilgan.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, innovatsion, taʼlim va sanoat hamkorligi asoslarini shakllantirishga ahamiyat qaratildi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitet infratuzilmasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro loyihalari bilan tanishtirildilar. Uchrashuvda ta’lim va sanoat integratsiyasi, talabalar amaliyoti, qo‘shma ilmiy loyihalar, hamkorlikda inkubatsiya markazlari yaratish, soha mutaxassislarini tayyorlash kabi dolzarb masalalarda fikr almashildi va kelishuvlar amalga oshirildi.
Nordik universitetining xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasidagi strategiyasi Shvetsiya kabi ilg‘or davlatlar bilan hamkorlikda zamonaviy, raqobatbardosh va amaliy bilimlarga asoslangan ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!
Uchrashuvda u siyosiy sharh tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari, ko‘plab ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati, yangi nashr - "Sharhlovchining mashaqqatli yo‘li" kitobi haqida so‘z yuritdi.
Sharhlovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerak? Bu borada ustoz-sharhlovchi talabalarga zarur tavsiyalar berdi:
🟢Tarixiy, siyosiy, geografik bilimlar;
🟢diplomatiya asoslarini o‘rganish;
🟢xalqaro materiallar tayyorlashda tashqi siyosatni chuqur bilish;
🟢xalqlarga xos urf-odatlarni bilish;
🟢savol berish madaniyati va tahliliy yondashuvga ega bo‘lish.
Uchrashuvda har bir jurnalist har doim izlanishda bo‘lishi va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmasligi kerakligi taʼkidlandi.