Nordikda bayram!

Nordikda bayram!

January 14 , 2025

|

246

Mard o'g'lonlar bayrami

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitet jamoasidagi qadrli erkak-xodimlar uchun o‘zgacha bayram tadbiri tashkil etildi. 


Bayram tadbiri hazilomuz, tabassum bag‘ishlovchi qiziqarli o‘yinlar, ajoyib obrazlardagi chiqishlar bilan esda qoladigan bo‘ldi. 


Tadbir ayyom egalariga kutilgan va kutilmagan sovg‘alar, kuy-qo‘shiqlar, tabrik va tilaklar bilan qizg‘in o‘tdi. 

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari

Uchrashuv davomida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, maktab o‘quvchilari uchun bakalavriat bosqichida xalqaro taʼlim dasturlariga yo‘l ochish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Yuqori sifatli taʼlimni taʼminlash va taʼlim innovatsiyalarini keng qo‘llash, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va akademik salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik Memorandumi imzolandi.


Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi

Tasdiqlangan adabiyotlar: 


📘 "Mikroekonomika" darsligi (Sh.Mustafakulov, X.Sabirov, R.Mardanova) 


📔 "Amaliy matematika" o‘quv qo‘llanmasi (A.Boltayev, X.Xudoyberdiyev, B.Atamuradova) 


📗 "Макроэкономический анализ" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, E.Umarov) 


📕 "Makroiqtisodiy tahlil" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, K.Ibragimova, Sh.Rajabov) 


📙 "Makroiqtisodiy siyosat" darsligi (R.Mardanova, I.Qodirov, Z.Uralbayev) 


🎼 "Orkestr sinfi" o‘quv qo‘llanmasi (I.Ro‘zimurodov)


📓 "English for management" darsligi (D.Nasriddinov)


📙 "Maktabgacha taʼlim asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (D. Maxmudova).


Ilmiy salohiyat, amaliy tajriba va metodik yangiliklar uyg‘unligida yaratilayotgan har bir nashr talabalar uchun sifatli taʼlimga yo‘naltirilmoqda.


MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda

Unda o‘nlab nufuzli oliygohlar qatorida XNUning Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolibov ham ishtirok etyapti. U "O‘zbekistonda oila, huquq va jamiyat, korrupsiya va huquqiy madaniyat" mavzusida maʼruza qildi. 


Konferensiyada qizg‘in munozaralar asosida korrupsiyaga qarshi yechimlar borasida xalqaro tajribalar almashilmoqda.

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv

Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.


Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish