Yangiliklar
Mustaqil izlanuvchilik

April 19 , 2023
76
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar onlayn qabul qilinmoqda.
📝 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllaridan biri – mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabul qilinmoqda.
📌 Hujjatlar qabul qilinadigan platforma:
🗓 Hujjat topshirish muddati:
📅 Joriy yilning 15-mayiga qadar onlayn qabul davom etadi.
📜 Xalqaro Nordik Universiteti huzuridagi ilmiy kengash quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat olgan:
🔹 08.00.07 - "Moliya, pul muomalasi va kredit"
🔹 08.00.13 - "Menejment"
🔹 08.00.03 - "Sanoat iqtisodiyoti"
🔹 13.00.02 - "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" (sohalar bo‘yicha)
📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
📲 +99891 090 99 99
So'nggi yangiliklar

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi
Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.

Nordikda dasturchilar bahsi!
🏆 G‘oliblarimiz bilan tanishing:
🥇 1-o‘rin:
Lochinbek Abdullayev – 1-KI-24-guruhi talabasi
Imomjon Nazarov – 1-KI-24-guruhi talabasi.
🥈 2-o‘rin:
Dilmurod Almurotov – 1-KI-23-guruhi talabasi.
🥉 3-o‘rin:
Shahzod Mirzarahmatov – 1MDS-24-guruhi (magistratura) talabasi.
IQ, ijod va innovatsiya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar taqdirlandilar.

Shvetsiya delegatsiyasi Nordik universitetida: ta’lim va sanoat integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv
Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Nordik universitetida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari hamrohligidagi delegatsiya va Nordik universiteti rahbariyati o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi.
Delegatsiya tarkibida "EOL Vent Mining", "Sandvik", "Epiros", "Scania", "Skf", "Ericsson", "Atlas Copco" kabi Shvetsiyaning yirik, ilg‘or sanoat kompaniyalari rahbarlari va menejerlari ishtirok etdilar. Mazkur kompaniyalar konchilik, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va energetika sohalarida innovatsion yechimlari bilan tanilgan.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, innovatsion, taʼlim va sanoat hamkorligi asoslarini shakllantirishga ahamiyat qaratildi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitet infratuzilmasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro loyihalari bilan tanishtirildilar. Uchrashuvda ta’lim va sanoat integratsiyasi, talabalar amaliyoti, qo‘shma ilmiy loyihalar, hamkorlikda inkubatsiya markazlari yaratish, soha mutaxassislarini tayyorlash kabi dolzarb masalalarda fikr almashildi va kelishuvlar amalga oshirildi.
Nordik universitetining xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasidagi strategiyasi Shvetsiya kabi ilg‘or davlatlar bilan hamkorlikda zamonaviy, raqobatbardosh va amaliy bilimlarga asoslangan ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Sharhlovchilik sanʼati: Qobilbek Karimbekov bilan ijodiy uchrashuv!
Uchrashuvda u siyosiy sharh tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari, ko‘plab ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati, yangi nashr - "Sharhlovchining mashaqqatli yo‘li" kitobi haqida so‘z yuritdi.
Sharhlovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerak? Bu borada ustoz-sharhlovchi talabalarga zarur tavsiyalar berdi:
🟢Tarixiy, siyosiy, geografik bilimlar;
🟢diplomatiya asoslarini o‘rganish;
🟢xalqaro materiallar tayyorlashda tashqi siyosatni chuqur bilish;
🟢xalqlarga xos urf-odatlarni bilish;
🟢savol berish madaniyati va tahliliy yondashuvga ega bo‘lish.
Uchrashuvda har bir jurnalist har doim izlanishda bo‘lishi va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmasligi kerakligi taʼkidlandi.