AI: rivojlanishmi yoki xavf? Talabalar bahs maydonida!

April 19 , 2025
18
Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Dildora Xalikova moderatorligida talabalar o‘rtasida “AI: is it outbreak or benefit?” mavzusida debat bo‘lib o‘tdi.
Sun’iy intellektning insoniyat hayotiga ta’siri yuzasidan fikrlar to‘qnashuvi qizg‘in kechdi! Munozarani kafedra mudiri Dilshod Nasriddinov va boshqa tajribali o‘qituvchilar kuzatib borishdi. Ular talabalar ishtirokini yuqori baholab, kelgusi debatlar uchun foydali tavsiyalarini berdilar.
Sizningcha, sun’iy intellekt taraqqiyotmi yoki tahdid?
So'nggi yangiliklar

Nordik universitetida ilmiy izlanishlar monitoringi
Kafedra kesimida olib borilgan monitoring doirasida tadqiqotchilarning ish rejalari asosida qilgan ishlari hisobotlari tinglandi. Ularga tadqiqotlarini yanada mustahkamlash uchun amaliy tavsiyalar berildi.
Ilmiy muloqot chog‘ida tajriba almashinuvi, yangi yondashuvlar va ilmiy ishlarni yanada chuqurlashtirish yo‘llari muhokama qilindi. Universitet ilmiy muhitini yanada jonlantirishga xizmat qiladigan bu jarayon har bir taqdiqotchining rivojlanishida muhim bosqich bo‘lmoqda.

Tabriklaymiz!
U O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda Til nazariyasi va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha "O‘zbek tilli veb korpusi yordamida sohaviy neologizmlar bazasini yaratish" mavzusidagi ilmiy ishini puxta asoslangan holda yoqlab, ilmiy salohiyatini namoyon etdi.

Savdo san’ati: kelajagingiz uchun investitsiya!
Ushbu kitobda:
• Xalqaro va mahalliy savdo
• Xaridorga qiymat yaratish texnikalari
• Real keyslar, testlar va amaliy topshiriqlar
• Raqamli savdo va masofaviy muzokaralar
• Tadbirkorlar va talabalarga zarur maslahatlar mavjud.
Darslikda qayd etilgan bilimlar muvaffaqiyatli kelishuvlar uchun asos bo‘la oladi. Talabalar, tadbirkorlar, o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarga o‘qish tavsiya etiladi (mualliflar - Gulchehra Xusanova, Usmonjon Habibjonov).
Savdoni o‘rganing va kelajagingizga sarmoya kiriting!

30 davlatdan 10 000+ ishtirokchi - Bank&Business Expo 2025 da
Forum dunyoning 30 mamlakatidan 10 000 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan yetakchi banklar, FinTech kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar vakillarini, oliy taʼlim muassasalarining raqamli biznes yechimlari sohasidagi olimlari va mutaxassislarini o‘zida jamladi.
Jumladan, Nordik universiteti yosh olimlari ham anjumanda ishtirok etdilar. Ularning forum panel muhokamasida bugungi kundagi moliya va innovatsiya yo‘nalishlarida yangilik va o‘zgarishlar haqidagi chiqishlari tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.
Yirik moliyaviy tadbir raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni bank infratuzilmasiga integratsiya qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarini modernizatsiya qilish kabi ko‘plab mavzularni qamrab oldi.
Banks & Business Expo 2025 mintaqa va dunyoning moliyaviy va biznes hamjamiyatlari ishtirokchilari o‘rtasida biznes aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish va strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etdi.