TasIMO-2025: 2-kun – Katta tayyorgarlik, katta ishonch bilan!

May 19 , 2025
17
“TasIMO-2025” fan olimpiadasining ikkinchi kuni o‘zining qizg‘in va ilhomlantiruvchi lahzalari bilan davom etdi. 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bilim, tafakkur va izlanuvchanlik maydoniga aylangan musobaqa har bir ishtirokchida katta umid va yuksak maqsadlarni alangalatmoqda.
“MEDALGA UMIDIM BOR!” — degan shior bugun har bir ishtirokchining ko‘zida porlab, yuragida jo‘sh urdi. O‘zbekistonning turli hududlaridan va xalqaro maktablardan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar o‘z salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
TasIMO sahnasida – dunyo yoshlari bellashmoqda!
Xalqaro doirada o‘tayotgan olimpiadada Xitoy, Germaniya, Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Markaziy Osiyo davlatlari, Gruziya, BAA, Rossiya kabi mamlakatlardan kelgan bilimdon yoshlar – o‘z davlatlarining milliy terma jamoalari vakillari bilan bir sahnada bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa olimpiadani chinakam global ta’lim maydoniga aylantirmoqda.
Eksklyuziv sayohatlar – bilim va ilhom manbai
TasIMO doirasida ishtirokchilar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda, balki madaniy va ilmiy sayohatlar orqali o‘z dunyoqarashlarini ham kengaytirishmoqda.
- Tashkent City Mall’dagi “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ishtirokchilarga tarixiy ongni boyituvchi ta’sirli taassurotlar ulashdi.
- Adiblar xiyoboni va Magic City’da o‘tkazilgan madaniy tadbirlar esa ishtirokchilarning ijodiy fikrlashini kuchaytirdi.
- Finalchilarning navbatdagi manzili – Toshkent Politexnika Muzeyi bo‘lib, u yerda yosh matematiklar retro avtomobillar bilan tanishib, texnologiyalar olamida o‘z bilim doiralarini yanada kengaytirdilar.
Har bir ishtirokchi o‘zining bilim yo‘lida jasoratli qadamlari bilan “TasIMO-2025” tarixiga o‘z izini qoldirmoqda. Bu – nafaqat medallar uchun kurash, balki o‘zini kashf qilish, yurt va dunyo uchun foydali bo‘lgan yosh avlod sifatida shakllanish jarayonidir.








So'nggilari

2025-yil bitiruvchilari uchun unutilmas voqealardan biri — sirtqi taʼlim yo‘nalishi bitiruvchi-talabalari bilan universitet rektori, hurmatli Sherzod Mustafakulovning ochiq va samimiy uchrashuvi bo‘ldi.

4-kun, “TasIMO-2025” xalqaro matematika olimpiadasi o‘zining eng hayajonli va tarixiy lahzalaridan birini boshdan kechirdi — g‘oliblarni taqdirlash va yopilish marosimi poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

“TasIMO-2025” olimpiadasining uchinchi kuni ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar va ajoyib kayfiyat baxsh etdi! TasIMOchilar navbatdagi manzilga — Green Hills resort, Bo‘stonliq tog‘larining bag‘riga yo‘l olishdi.

Bugun yurtimizda nufuzli va intellektual musobaqalardan biri — “TasIMO–2025” xalqaro matematika olimpiadasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu olimpiada matematikani sevuvchi, mantiqiy tafakkurga ega eng iqtidorli yoshlarni birlashtiruvchi bilim maydonidir.