Talabalarimiz - yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchilari safida

December 27 , 2024

|

21

2-MMT 22-guruh sardori Gulnora Madraimova va ushbu guruh talabasi Shoira Elimbayevalar ham "Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchilari" ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

2-MMT 22-guruh sardori Gulnora Madraimova va ushbu guruh talabasi Shoira Elimbayevalar ham "Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchilari" ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

"Quality publication" ilm-ma'rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston-Fransiya xalqaro forumida talabalarimiz "Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchisi" statuetkasi, ko‘krak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar. Ularning ilmiy izlanishlari va yutuqlari nafaqat universitetda, balki xalqaro miqyosda ham yuqori baholandi. Bu muvaffaqiyat talabalarimizning ilm-fan va tadqiqotlarga bo‘lgan katta qiziqishini va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lish yo‘lida erishgan ulkan natijalarini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, bunday tan olinish ularning kelajakdagi ilmiy faoliyatlariga yanada katta ilhom va energiya bag‘ishladi. Bu yutuqlar o‘rnak sifatida boshqa talabalar uchun ham ilhom manbai bo‘lib, ilmiy izlanishlarga yanada ko‘proq e'tibor qaratishga undaydi.


photo-2025-02-26-16-14-50
Ko‘rib chiqish
photo-2025-02-26-16-14-46
Ko‘rib chiqish
Chop etish

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish