Rekruting va kasbiy rivojlantirish bo‘limining asosiy vazifalariga tashkilot ehtiyojlaridan kelib chiqib malakali kadrlarni izlash, tanlash va ishga jalb etish, nomzodlarni baholash hamda yangi xodimlarni ish jarayoniga moslashtirish kiradi.
Shuningdek, bo‘lim xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, malaka oshirish va o‘qitish dasturlarini tashkil etish, kadrlar salohiyatini baholash hamda ularning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul.
Bo‘limning asosiy maqsadi tashkilotni munosib va malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, xodimlarning uzluksiz kasbiy va professional rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat.


Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring