Pedagogika kafedrasi

Kafedralar

Pedagogika kafedrasi

10 xodim

Vazifalari

Xalqaro Nordik universitetining “Pedagogika” kafedrasi 2022-yil 29-avgustda tashkil etilgan. Mazkur kafedra Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti qoshida ochilgan bo‘lib, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogirdlik, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.  

Hozirgi kunda kafedrada Dilafruz Miraliyeva boshchiligida 9 nafar professor-o‘qituvchi va 1 nafar o‘quv-yordamchi xodim faoliyat olib bormoqda.

Xodimlar

Miraliyeva Dilafruz

Kafedra mudiri

Miraliyeva Dilafruz

D.T. Miraliyeva 1996–2000-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Romano-german filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatini, 2000–2002-yillarda shu universitetning Pedagogika mutaxassisligi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.

2021-yilda Samarqand davlat universitetida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi: «Ajdodlarimiz merosi asosida yoshlarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish».

D.T. Miraliyeva pedagogika va axborot texnologiyalari sohalarida o‘z malakasini zamon talablari asosida muntazam oshirib boradi. 2023-yilda Dubayda (BAA) , 2024-yil avgust oyida Finlyandiyaning Karelia amaliy fanlar universitetida (Karelia University of Applied Sciences) xorijiy stajirovkadan o‘tgan.

2022-yildan buyon quyidagi ilmiy jurnallarning tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda:

–    Journal of Pedagogical Inventions and Practices (xorijiy jurnal);

–    Nordic Life (Xalqaro Nordik universitetining ilmiy jurnali);

–    Asian Journal of Multidisciplinary Research. (xorijiy jurnal).

Ilmiy izlanishlari asosan ta’lim transformatsiyasi, qiyosiy pedagogika va ta’limda liderlik masalalariga bag‘ishlangan.

D.T. Miraliyeva jami 70 dan ortiq ilmiy ish, jumladan ilmiy maqola va tezislar hamda 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, darslik va monografiyalar muallifi. Uning maqolalari Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalariga kiritilgan, yuqori reytingli va impakt-faktorli jurnallarda chop etilgan.

Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy texnologiyalari, ularning dolzarb muammolari va yechimlariga oid ma’ruza va tezislar bilan muntazam ishtirok etib keladi.

Pedagogik faoliyati

Talabalarga «Umumiy pedagogika», «Uzluksiz ta’lim tendensiyalari va zamonaviy yondashuv», «Global qiyosiy ta’lim» fanlaridan dars beradi. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil tahlil va ijodiy yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratadi.

Ilmiy qiziqishlari

–    ta’lim siyosati;

–    ta’lim transformatsiyasi;

–    qiyosiy pedagogika;

–    ta’limda liderlik.

Shomurodova Sitora Xoshim qizi

PhD, Katta o'qituvchi

Shomurodova Sitora Xoshim qizi

Sitorabonu Hoshim qizi — filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, adabiyotshunos olima, shoira va pedagog. Hozirda Xalqaro Nordik universitetida dotsent lavozimida faoliyat yuritadi.

Sitorabonu Hoshim qizi Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. 2022-yilda 10.00.02 — O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida DSc doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Sitorabonu Hoshim qizining ilmiy izlanishlari, asosan, Alisher Navoiy ijodi, qo‘lyozma manbalar, bayozlar va mumtoz o‘zbek adabiyoti matnshunosligi masalalariga bag‘ishlangan.

Uning tadqiqotlarida XIX asr va XX asr boshlarida tuzilgan qo‘lyozma bayozlarda saqlangan Alisher Navoiy she’rlarining matniy xususiyatlari, variantlari va manbashunoslik jihatlari o‘rganiladi.

       lmiy izlanishlari doirasida 469 ta qo‘lyozma bayoz bilan ishlagan. Tadqiqotlarida Alisher Navoiy asarlarining qo‘lyozma manbalardagi matn variantlarini aniqlash, qiyoslash va ilmiy tavsiflashga alohida e’tibor qaratadi.

Doktorlik tadqiqotining mavzusi:

“Qo‘lyozma bayozlardagi Alisher Navoiy she’rlarining matniy tadqiqi va adabiy ta’sir masalalari”

Ilmiy va ijodiy nashrlari

Sitorabonu Hoshim qizi o‘zbek adabiyoti, Alisher Navoiy ijodi va mumtoz adabiyot masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar muallifidir. Uning maqolalari respublika hamda xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan.

U Erkin Vohidov g‘azallari bo‘yicha ilmiy monografiya muallifi bo‘lib, mazkur monografiyasi Germaniyada nashr etilgan.

Ilmiy faoliyati bilan bir qatorda badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi. Uchta she’riy to‘plam muallifi bo‘lib, hikoyalar ham yozadi. 2023-yilda “Iqrorman” nomli she’riy to‘plami “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan. 2025-yilda “Hur” nomli kitobi nashrdan chiqdi.

Pedagogik faoliyati

Pedagog sifatida Sitorabonu Hoshim qizi talabalarga o‘zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti, hozirgi adabiy jarayon, nutq madaniyati va notiqlik san’ati kabi fanlardan ta’lim beradi.

U ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil tahlil va ijodiy yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratadi.

Ilmiy qiziqishlari

  • Alisher Navoiy ijodi;

  • qo‘lyozma bayozlar;

  • matnshunoslik;

  • manbashunoslik

Muminova  Dinara  Ramizullaevna

PhD, dotsent

Muminova Dinara Ramizullaevna

Bolalar yozuvchisi. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori. OpenEurasia (Buyuk Britaniya) tanlovi finalchisi, "Eng yaxshi bolalar va o'smirlar kitobi" mukofoti sovrindori. Uslubiy qo'llanmalar va 40 dan ortiq maqola va tezis muallifi. Erta kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha xalqaro konsultant. Xalqaro "UzBOOKistan" loyihasi muallifi. "Ildiz" loyihasi ishtirokchisi. "Yulduz nega tushmaydi?", "Sumalakning sehrli toshi", "Hovlimizdagi voqea" va boshqa 10dan ortiq bolalar rasmli kitoblari muallifi.

Haytbayeva Sayyora Rahimberganovna

PhD., dotsent

Haytbayeva Sayyora Rahimberganovna


S.R.Haytbayevaning ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy ishlar chop ettirgan bo’lib, shundan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 15 ta ilmiy ish: 2 ta darslik (hammualliflikda), 2 ta o’quv qo’llanma (hammualliflikda), 11ta ilmiy maqola va tezislar nashr qilingan.- 2014-2022 yyda Respublika Ta’lim Markazi huzuridagi Ilmiy Metodik Kengashining a’zosi (Biologiya fani).- 2023- h.v. –Respublika Talim Markazi huzuridagi Ilmiy Metodik Kengashining a’zosi (Tabiiy fanlar).- Biologiya 5-sinf 2020 yil nashri (O.Pratov), Biologiya 8-sinf 2019 yil nashri (O.Mavlonov) va Biologiya 7-sinf 2017 yil nashri (O.Mavlonov) darsliklarining taqrizchisi.- S.R.Haytbayevaning ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy ishlar chop ettirgan bo’lib, shundan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 15 ta ilmiy ish: 2 ta darslik (hammualliflikda), 2 ta o’quv qo’llanma (hammualliflikda), 11ta ilmiy maqola va tezislar nashr qilingan.- 7-10- sinf biologiya darsligi hammuallifi7-10- sinf darsligi uchun o’qituvchilar uchun qo’llanma hammuallifi(2022)- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini yaratish ishchi guruh a’zosi- 7- sinf biologiya darslig, ishchi daftari, o’qituvchilar uchun qo’llanma muallifi (2024)

Muratova Aziza

Katta o'qituvchi

Muratova Aziza

Adabiyotshunos, filolog. Respublika va xalqaro miqyosidagi maqola va tezislar muallifi. - “Maorif va o‘qutg‘uchi” jurnali bo’yicha tadqiqot olib borgan .Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyot universiteti doktoranti. 2024-yil Finlandiyaning Karelia amaliy fanlar universitetida pedagogik texnologiyalar bo'yicha malaka oshirgan.

Yulbarsov Ochilbek Obidjon o‘g‘li

PhD., dotsent

Yulbarsov Ochilbek Obidjon o‘g‘li

Xalqaro Nordik universiteti Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2010 – 2014-yillarda O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakultetida bakalavriatini tamomlagan.2015 – 2017-yillarda Farg‘ona davlat universitetining Lingvistika (O‘zbek tili) yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan. Oliy ta’limda 6 yillik ish tajribasiga ega. Faoliyati davomida Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetlarida o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. Hozirda Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori darajasini olish uchun ilmiy izlanish olib bormoqda.

Islamova Fotima

dotsent

Islamova Fotima

Islamova Fotima 2007-2009 yillarda Respublika "Oila" ilmiy - amaliy markazida aspiranturada o'qigan. 2009 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Miilliy Rassomlik institutida pedagogik faoliyatini boshlagan. Uning 2012 yilda "O'g'il bolalarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash" nomli uslubiy qo'llanmasini nashr ettirgan. Oily ta'limdagi pedagogik faoliyati davomida "Oliy ta'limning eng yaxshi pedagogi" ko'rik tanlolarida ishtirok etib, bir necha bor go'libligini qo'lga kiritgan. 2024 yilda Finlandiyada malaka oshirish kursini o'qigan.

Adilova Dilorom Nurullayevna

PhD., dotsent

Adilova Dilorom Nurullayevna

D.N.Adilova – pedagogik faoliyati davomida jamiyatda milliy tarbiya qadriyatlariga muvofiq yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yuksaltirish hamda ta’lim-tarbiya tizimida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib, o‘z malakasini pedagogika, axborot texnologiyalari sohalarida zamon talablari asosida muntazam oshirib boradi. Xalqaro va respublika miqyosidagi yuqori reytingga, imfakt faktorga ega bo‘lgan jurnallarda ilmiy maqolalari nashr ettirib, o‘zining ilmiy salohiyatini oshirib kelmoqda.

“Yangi Renessans pedagogikasi va Zahiriddin Muhammad Bobur pedagogik qarashlarining uyg‘unligi”, “Bobur asarlarida milliy tarbiya masalalari: axloqiylik va komillik”, “Ayollar huquqlari va gender tenglik”, “Islomda ayollarni qadrlash, e’zozlash va ularning oiladagi burch hamda vazifalari”, “Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi” mavzularida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari va  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tizimli o‘quv-seminarlari o‘tkazishda peshqadamlik qilib kelmoqda.

2023 yilda “Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimini  rivojlantirish (Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari misolida) mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olgan. Tadqiqot ishi doirasida  50 dan ortiq ilmiy ishlari Respublika va xorijiy jurnallarda nashr etilgan bo‘lib, 1ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy  qo‘llanmasi nashr ettirgan. Zahiriddin Muxammad Boburning hayoti va ijodi deb nomlangan o‘quv qo‘llanmaga 107-56 raqamli bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan  nashr etish guvohnomasi hamda “Bobur adabiy merosi” virtual muzeyi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining № DGU 20214 raqami bilan O‘zbekiston Respublikasining dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan patend olishga erishgan.

U Bobur nomli xalqaro jamoat fondi, Ozarbayjon fanlar akademiyasi adabiyot instituti, Baku davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan xalqaro anjuman va simpoziumlarda muntazam ilmiy chiqishlari bilan ishtirok etib kelmoqda.

D.N.Adilova 2025-yilning 19-maydan 24-mayiga qadar Ozarbayjon Respublikasining Baku davlat universitetining “Sharqshunoslik” fakultetining talabalariga “Ma’naviy-axloqiy tarbiya: xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar”, “Amir Temurning fan, madaniyat va maʼrifat rivojiga qoʻshgan hissasi, Temur tuzuklari” asarining jahoniy o‘rni hamda tarbiyaviy ahamiyati”, “M.Ulug‘bekning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi”, “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining dunyo tamaddunida tutgan o‘rni hamda Bobur asarlarida vatanparvarlik masalalari” mavzularida talaba va professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darsilari o‘tkazib, sertifikat bilan taqdirlangan.

D.N.Adilova Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi qo‘lyozmalar institutida bajarilayotgan 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan Muhammad Fuzuliy va Z.M.Bobur qo‘lyozmalarining jahon manbashunosligi va pedagogikasida o‘rganilishi” mavzusidagi MF-A-2023 raqamli fundamental loyihada jamoatchilik asosida faoliyat olib borilmoqda.

D.N.Adilova “For Joining as a Member of Editorial Board World Bulletin of Social Sciences” jurnaliga tahrir hay’atida a’zo sifatida qabul qilingan.

U ko‘p yillik samarali faoliyati va talaba-yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini yuksaltirish borasidagi fidokorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi ko‘krak nishoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining va Oliy ta’lim vazirining qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

 

Хoshimova Masuda Komiljonovna

p,f.n, professor

Хoshimova Masuda Komiljonovna

Ilmiy-pedagogik faoliyatini 1981-yilda Toshkent pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetida aspirant sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. 1991-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiy taʼlim pedagogikasi kafedrasi assistenti, 2003-yildan esa shu kafedra dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan.

2008-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2019-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti. 2022-yildan Toshkent amaliy fanlar universiteti “Pedagogika” kafedrasi dotsenti, 2025-yildan shu kafedra professori. 2026-yildan Xalqaro Nordik universitetining “Pedagogika” kafedrasida professor sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Umumiy pedagogik staji 45 yilni tashkil etadi.

Dissertatsiya mavzusi: “Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning ekologik tarbiyasi (V–IX sinflarda geografiya va biologiya fanlarini oʻqitish jarayonida)” mavzusida pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini 1991-yil 30-mayda muvaffaqiyatli himoya qilgan va 1991-yil 2-oktabrda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 2007-yilda pedagogika va psixologiya ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berilgan.

Asosiy ilmiy ishlari. Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan jami 200 dan ortiq ilmiy ishi chop etilgan, jumladan 5 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta monografiya, 10 dan ortiq uslubiy qoʻllanma va 170 dan ortiq ilmiy maqola (ulardan 4 tasi Scopus bazasidagi, 20 dan ortigʻi impakt-faktorga ega jurnallarda). M.K. Xashimovaning Scopus xalqaro bazasidagi h-indeksi 2 ga teng.

Loyihalardagi ishtiroki. 2024-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan berilgan “Penitensiar tizimda jazoni ijro etayotgan ayollar va yoshlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish” xalqaro grantida kattalar taʼlimi boʻyicha trener sifatida ishtirok etgan.


 

Saidova Kamola Xalim qizi

Katta o'qituvchi

Saidova Kamola Xalim qizi

K.H. Saidova  o‘z malakasini amaliy tilshunoslik, ta’limiy leksikografiya va sun'iy intellekt texnologiyalari (EdTech) sohalarida zamon talablari asosida muntazam oshirib boradi. Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda tilshunoslikda axborot texnologiyalarini qo'llash, Zipf-Pareto fraktal metodlarini ta'limga joriy etish va o'quv lug'atchiligining dolzarb masalalari mavzusidagi ilmiy maqola va tezislari bilan muntazam ravishda qatnashib kelmoqda.
  Saidova K.H. (va hammualliflikda). “SEMANTIK KONSTRUKTOR: prompt muhandisligida ma’no nazariyasi va amaliyoti”. Jamoaviy monografiya, 2026-yil. “AMALIY O‘ZBEK TILI fanidan amaliy mashgʻulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish uchun uslubiy ko‘rsatma”. 2023-yil. “Hozirgi o‘zbek tilining nofaol so‘zlari izohli o‘quv lug‘ati”. 2026-yil kabi nashrlari mavjud.

 K.H. Saidova ilmiy va pedagogik faoliyati davomida o‘z ustida doimiy ravishda ishlab kelmoqda va raqamli pedagogika hamda kompyuter lingvistikasi bo'yicha kasbiy mahoratini oshirib bormoqda.