IT Departamenti - (Information technology - Axborot Texnologiyalari ) ushbu departament akademik va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etishga qaratilgan muhim bo‘limdir. Departament universitetning barcha bo‘limlariga texnologik xizmatlar ko‘rsatadi, shu jumladan kompyuter tizimlarini boshqarish, ma'lumotlar bazasini yaratish va yangilash, tarmoqni ta'minlash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish.Asosiy vazifalar: Kompyuter tizimlarini boshqarish: Universitetning barcha kompyuter tizimlarini yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish va ishlashini ta'minlash.Tarmoq va internet infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash: Yaxshi tashkil etilgan tarmoq imkoniyatlarini yaratish, internet aloqalarini va ma'lumotlar uzatish tizimlarini muntazam ravishda yangilash.Dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish: Universitetning akademik va ma'muriy jarayonlarini avtomatlashtirish uchun dasturlar va ilovalar yaratish va qo‘llab-quvvatlash.Kiberxavfsizlikni ta'minlash: Ma'lumotlar va tizimlarni himoya qilish, xakerlik hujumlaridan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash uchun xavfsizlik choralarini amalga oshirish.Texnik yordam va qo‘llab-quvvatlash: Universitet talabalari, o'qituvchilari va xodimlari uchun IT bilan bog'liq barcha muammolarga tezkor javob berish va texnik yordam ko‘rsatish.Innovatsion texnologiyalar va zamonaviy resurslar:IT Departamenti universitetning barcha bo‘limlari uchun zamonaviy texnologiyalarni, yangi avlod dasturiy ta'minotlari va ma'lumotlar boshqaruv tizimlarini integratsiya qilishga intiladi.Departamentning asosiy maqsadi - talabalarga, o'qituvchilarga va boshqa xodimlarga ta'lim jarayonida foydalanish uchun samarali va xavfsiz texnologik imkoniyatlar yaratishdir. Shu bilan birga, IT Departamenti talabalarga raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishda yordam beradi, ularni bugungi kunda zarur bo‘lgan texnologik bilimlarga ega qilishga yordam beradi.

IT departamenti boshlig'i
Topilov Xasan
Xasan Topilov — Xalqaro Nordik universiteti Axborot texnologiyalari departamenti boshlig'i. 2025 - yildan buyon universitetning raqamli infratuzilmasi, axborot tizimlari va IT xizmatlarini boshqarish yo'nalishida faoliyat yuritadi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini Iqtisodiyot mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Uning asosiy maqsadi — ta'lim jarayonini raqamlashtirish, xodimlar va talabalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy raqamli muhit yaratish.
Asosiy faoliyat yo'nalishlari:
· Universitetning IT strategiyasi va raqamli transformatsiya loyihalarini boshqarish
· Axborot tizimlari (Elektron ta'lim platformalari, ichki tizimlar) ishlashini ta'minlash
· Tarmoq infratuzilmasi, serverlar va ma'lumotlar xavfsizligi
· IT bo'limi jamoasini boshqarish va mutaxassislar salohiyatini oshirish
· Professor-o'qituvchilar va talabalarga texnik qo'llab-quvvatlash xizmati





Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring