"Iqtisodiyot va biznesni boshqarish" kafedrasi

Kafedralar

"Iqtisodiyot va biznesni boshqarish" kafedrasi

16 xodim

Vazifalari

Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi


Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasining oliy maqsadi – o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilariga hozirda va kelajakda o‘z yo‘llarini topishga yordam beradigan bilimlarni berish. Kafedra tanqidiy va ijodiy fikrlaydigan, inson qadriyatlarini ustun bilgan, yuksak ilmiy salohiyatli yoshlarni tarbiyalashni maqsad qiladi. Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi Universitetning 2022-yil 31-avgustdagi 1-sonli Ilmiy kengashi qarori asosida tashkil etilgan.

Kafedra zamonaviy talablarga javob beradigan, amaliy ko‘nikmalarga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini taklif etadi. Ushbu dasturlar quyidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:

60410100 – Iqtisodiyot

60411100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar

60540200 – Amaliy matematika

60410900 – Biznesni boshqarish

60410600 – Bank ishi

60410200 – Buxgalteriya hisobi

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari ham mavjud:


70410102 – Iqtisodiyot

70411101 – Jahon iqtisodiyoti

70540201 – Amaliy matematika

70410901 – Biznesni boshqarish (MBA)

Kafedrada o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, tajribali hamda ilmiy daraja va unvonga ega professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ular talabalarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga yordam beradi. Kafedra talabalarning amaliy tayyorgarligiga katta e’tibor qaratadi: talabalar turli loyihalarda ishtirok etadi, kompaniyalarda amaliyot o‘taydi hamda biznes-simulyatsiyalarda qatnashadi. Kafedra bitiruvchilari nufuzli kompaniyalarda, davlat tashkilotlarida va xalqaro tashkilotlarda ishga joylashish imkoniyatiga ega. Ular iqtisodchi, menejer, moliya bo‘yicha mutaxassis, amaliy matematika bo‘yicha mutaxassis, bank ishi bo‘yicha mutaxassis (bankir), buxgalter, biznesni boshqarish bo‘yicha menejer (MBA) kabi lavozimlarda faoliyat yuritishi mumkin. Bundan tashqari, kafedra talabalarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Talabalar professor-o‘qituvchilar rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib borishi, konferensiyalarda ishtirok etishi va ilmiy maqolalar chop etishi mumkin.


Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi bitiruvchilarining afzallik tomonlari:

Yuqori malakali mutaxassislar: Bitiruvchilar iqtisodiyot va biznes sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘ladi.

Amaliy ko‘nikmalar: Bitiruvchilar zamonaviy biznes sharoitida ishlash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Karyera imkoniyatlari: Bitiruvchilar nufuzli kompaniyalarda va tashkilotlarda ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Raqobatbardoshlik: Bitiruvchilar mehnat bozorida yuqori raqobatbardoshlikka ega bo‘ladi.

Xodimlar

Sabirov Xasan Nusratovich

Kafedra mudiri

Sabirov Xasan Nusratovich

Sabirov Xasan Nusratovich 1990 yil 27 avgust Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2009 yil Buxoro muhandislik texnika institutining “Iqtisodiyot” fakultetiga o‘qishga kirib, 2013 yilda mazkur institutni tamomlagan. 2013 yili Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Ekonometrika” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 


Sabirov Xasan mexnat faoliyatini 2015 – 2017 yillarda Toshkent pedagogika kollejida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 – 2019 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Ekonometrika” kafedrasi assistent lavozimida ishlagan. 2019 –yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Ekonometrika va statistika” yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktoranturada ilmiy faoliyatini boshlab 2021 yil noyabr oyida muvaffaqiyatli tomomlagan. 2021 – 2022 yillarda Qo‘qon universiteti “Raqamli texnologiyalar” kafedrasi v.v.dotsenti lavozimida ishlagan. 2022 yildan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 41 ta (shulardan 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 1 ta guvohnoma, 1 ta patent va 20 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 14 ta xorijiy va mahalliy konfrensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

Mardanova Ra’no Isakovna

PhD, dotsent

Mardanova Ra’no Isakovna

Mardonova Ra’no Isakovna 1978 yil 15 dekabr Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1996 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetiga o‘qishga kirib, 2000 yilda mazkur universitetni tamomlagan. 2003 yili Germaniyaning Trier universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2004-2009 yillarda Germaniyaning Trier universitetida “Mikroiqtisodiyot boʻyicha xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanlari doktori” ilmiy darajasini olgan. Mardonova Ra’no mexnat faoliyatini 2003 – 2004 yillarda Buxoro viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasida “Raqobat muhitini tahlil qilish va shakllantirish bo‘limi yetakchi tadqiqotchisi” lavozimida faoliyat yuritgan. 2004 – 2011 yillarda Germaniyaning Trier universitetida fan doktori lavozimida ishlagan. 2010 – 2012 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida Xalqaro aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan. 2012 – 2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasida “Masofaviy ta’lim markazi yetakchi mutaxassisi” bo’lib ishlagan. 2018 – 2022 yillarda Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2023–2024 yillarda Toshkent xalqaro kimyo universiteti “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2022- yildan hozirgacha Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida Mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi. 2024 yildan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasi v.b dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.

Boltayev Aziz Kuziyevich

DSc, dotsent

Boltayev Aziz Kuziyevich

Boltayev Aziz Kuziyevich 1986 yil 20 noyabrda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2002 yil Buxoro Davlat Universitetininig “Fizika-Matematika” fakultetiga o‘qishga kirib, 2006 yilda mazkur institutni tamomlagan. 2007-2009 yillarda Buxoro Davlat Universitetining “Hisoblash matematikasi” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. Boltayev Aziz mexnat faoliyatini 2006 – 2010 yillarda Buxoro davlat universiteti huzuridagi 4-son akademik litsey matematika va informatika fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2010-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti “Hisoblash matematika” yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturasini tamomlagan. 2013-2015 yillarda Toshkent irrigatsiya va meloratsiya instituti Buxoro filialida axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2018 – 2019 yillarda «JASUR – JAMSHID KELAJAK» mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari lavozimida ishlagan. 2019 – 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti “Hisoblash matematikasi” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi. 2024 yildan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasi dotsentii lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 74 ta (shulardan 1 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta guvohnoma va 31 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 37 ta xorijiy va mahalliy konfrensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan. Undan tashqari faoliyati davrida 4 ta magistrga hamda 2 ta tayanch doktorantga ilmiy rahbarlik qilgan.

Suleymanova Shoira Alavxanovna

PhD, Dotsent

Suleymanova Shoira Alavxanovna

Suleymanova Shoira Alavxanovna 1985 yil 20 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2002 yil O‘zbekiston milliy universitetining “Iqtisodiyot” fakultetiga o‘qishga kirib, 2006 yilda mazkur universitetni tamomlagan. 2018 yili O‘zbekiston milliy universitetining “Davlat va munitsipial boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2009 – 2020 yillarda “Sardor” MChJ da muhandis lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 sentabr oyidan shu yilning dekabr oyigacha Toshkent davlat texnika universiteti “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi assistent lavozimida ishlagan. 2021–2023 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti “Sanoat iqtisodiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tayanch doktoranturada ilmiy faoliyatini muvaffaqiyatli tomomlagan. 2024 yildan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasida v.b.dotsenti lavozimida asosiy shtatda faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 22 ta (shulardan 16 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 6 ta xorijiy va mahalliy konfrensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

Nigmanov Azizbek Ulugbekovich

PhD, dotsent

Nigmanov Azizbek Ulugbekovich

Nigmanov Azizbek Ulugbekovich 1987 yil 9 sentabr kunit Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2006 yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xalqaro munosabatlar va iqtisod” fakultetiga o‘qishga kirib, 2010 yilda mazkur institutni tamomlagan. 2010 yili Toshkent Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Mamlakatlar mintaqashunosligi (Osiyo – Tinch okeani mintaqasi iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi)” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. Nigmanov Azizbek Ulugbekovich mexnat faoliyatini 2012 – 2013 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Uzoq Sharq va Janubiy Sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi kafedrasi o‘qituvchi-stajori, 2013-2014 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Xitoy va Janubiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi kafedrasi o‘qituvchi, 2014-2015 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ichki nazorat va monitoring bo‘limi inspektori, 2016-2017 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Xitoy iqtisodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 2017-2020 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati, va iqtisodiyoti kafedrasi kata o‘qituvchisi, 2020-2023 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti. 2024 yildan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasi v.b. dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 42 ta (shulardan 2 ta o‘quv qo‘llanma, va 20 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 20 ta xorijiy va mahalliy konfrensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

Xolmuxamedova Feruza Areslanbekovna

PhD Dotsent

Xolmuxamedova Feruza Areslanbekovna

Xolmuxamedova Feruza Areslanbekovna 1982 yil 12 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 1999 yilda Toshkent davlat texnika universitetining “Menejment” yo‘nalishiga o‘qishga kirib, 2005 yilda ushbu oliygohni muvaffaqiyatli tamomlagan.Mehnat faoliyatini 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetining “Umumiy informatika” kafedrasida muhandis lavozimida boshlagan. 2007–2010 yillarda shu kafedrada tadqiqotchi-izlanuvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2011–2018 yillarda Toshkent davlat texnika universitetining “Axborot tizimlari” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2021–2025 yillarda Toshkent davlat texnika universitetining “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasida katta o‘qituvchi, so‘ngra doktorant sifatida faoliyat yuritgan. 2025 yil 2 sentabrdan boshlab Nordik Xalqaro Universitetining “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasida v.b. dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. U 2025 yilda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ilmiy faoliyati davomida sanoat iqtisodiyoti va menejment yo‘nalishida 1 ta patent, va 30 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda xorijiy va mahalliy konfrensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Qurbonnazarov Abdimumin Ibraximovich

PhD, dotsent

Qurbonnazarov Abdimumin Ibraximovich

Abdimumin Ibraximovich Qurbonnazarov — O‘zbekistonlik matematik va tadqiqotchi. 1974-yil 14-sentabrda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Termiz davlat universitetining Fizika-matematika fakultetini tamomlagan.

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining tayanch doktoranturasiga qabul qilingan. 2025-yilda doktorantura bosqichini tamomlagan va 2026-yil 27-fevralda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2015-yildan buyon Termiz davlat universitetida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ilmiy qiziqishlari hisoblash matematikasi, optimal kvadratur formulalar, Furye integrallari, sonli usullar hamda kompyuter tomografiyasida tasvirlarni qayta tiklash masalalarini qamrab oladi.

Ilmiy faoliyati davomida jami 22 ta ilmiy ish, jumladan, mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 8 ta ilmiy maqola hamda ilmiy konferensiyalarda 14 ta konferensiya materiali va tezislari nashr etilgan. Shuningdek, elektron hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi 1 ta sertifikatga ega.

Bobojonova Zarnigor Shokirovna

PhD, dotsent

Bobojonova Zarnigor Shokirovna

Bobojonova Zarnigor Shokirovna 1990-yil 4-aprelda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2007-yilda Toshkent davlat texnika universitetiga oʻqishga kirib, 2011-yilda mazkur universitetni “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2013-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2023-yilda iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2025-yilda “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro integratsiya” ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvonini olgan.

Bobojonova Zarnigor mehnat faoliyatini 2013-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti assistenti sifatida boshlagan. 2013–2020-yillarda “Koson neft gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJ va Qashqadaryo parmalash ishlari AJda muhandis-iqtisodchi lavozimlarida ishlagan. 2020–2023-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti doktoranti, 2023-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasi v.b. dotsenti. 2025-yildan Toshkent davlat transport universiteti “Transport iqtisodiyoti” kafedrasi doktoranti (DSc). Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 60 tadan (shulardan 35 tadan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 15 ta xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

Boltaev To‘lqin Qo‘zievich

PhD, dotsent

Boltaev To‘lqin Qo‘zievich

Boltaev To‘lqin Qo‘zievich 1977-yil 25-noyabrda Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent moliya institutining «Xalqaro valuta-kredit munosabatlari» mutaxassisligini tamomlagan.

1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankida mehnat faoliyatini boshlagan. 1998-yildan «Intermed-Ekosan» QK bosh buxgalteri o‘rinbosari, 2000-yildan O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki To‘ytepa filialida boshqaruvchi o‘rinbosari, 2001-yildan O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Toshkent viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, 2002-yildan Toshkent moliya institutining «Statistika» kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2008-yildan «Bank hisobi va audit» kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-yil apreldan 2026-yil sentyabrgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Bank hisobi va auditi» kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda Nordic xalqaro universitetining «Iqtisodiyot va biznesni boshqarish» kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Boltaev T.Q. 2025-yilda iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Ilmiy tadqiqotlariga doir jami 14 ta ilmiy ish, shu jumladan 8 ta ilmiy maqola (shundan nufuzli xorijiy jurnallarda 2 ta), xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 6 ta ma’ruza tezislari nashr qilingan.

Xodjamuratova Indira Azatovna

PhD Dotsent

Xodjamuratova Indira Azatovna

Xodjamuratova Indira Azatovna 1994 yil 9 yanvar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahrida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2012 yil Qoraqalpoq Davlat Universitetining “Fizika-matematika” fakultetining matematika yo’nalishiga o‘qishga kirib, 2016 yilda mazkur universitetni tamomlagan. 2016 yili O’zbekiston Milliy Universitetining “Matematika” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga o’qishga kirib 2018 yili tamomlagan.  Xodjamuratova Indira Azatovna 2018-2020- yilllarda Nukus Davlat Pedagogika Instituti Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi lavozmida faoliyat yuritgan. 2020-2023-yillar mobaynida O’zbekiston Milliy universiteti “Algebra va funksional analiz kafedrasi”da “Universal algebralarning algoritmik tasvirlari ustida hisoblanuvchi-sanaluvchi topologik fazolar” mavzusida tayanch doktoranturada ilmiy tadqiqot ishini olib borgan. 2023-2024-yillarda Toshkent TMC Instituti Amaliy matematika kafedrasi v.b. dotsenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yil 4-sentabrdan 2025-yil 13-sentabrgacha Toshkent xalqaro va moliyaviy boshqaruvlar universiteti “Matematika kafedrasi”da dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. Xodjamuratova Indira Azatovna 2025-yil 15-sentabrdan “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasida v.b. dotsent lavozimida o‘z faoliyatini boshladi.I.A. Xodjamuratovaning ilmiy tadqiqotlari asosan algebra, topologiya va ularning axborot texnologiyalari bilan kesishuvchi yo‘nalishlariga qaratilgan bo‘lib, u bu sohada yangi natijalar olgan. I.A.Xodjamuratova o‘zining ilmiy faoliyati davomida 1 ta yakka mualliflikda o‘quv-uslubiy qo‘llanma, amaliyot darslarida foydalanish uchun 1 ta mustaqil ishlar to’plami, 8 ta xalqaro impafaktorli va OAK jurnallarida, 12 ta xalqaro respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlaridagi maqolalar va tezislar chop etgan.

Mirzayev Toxirjon Saloxetdinovich

PhD, dotsent

Mirzayev Toxirjon Saloxetdinovich

Mirzayev Toxirjon Saloxetdinovich — O‘zbekistonlik matematik va tadqiqotchi. 1982-yil 29-sentabrda Namangan viloyati Namangan tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika yo‘nalishini tamomlagan. So‘ngra, 2004-2006 yillar davomida Namangan davlat universitetida 5A460104 – “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldi. 2006 yili magistraturani muvaffaqiyatli tamomlab, NamTI qoshidagi Akademik liseyda matematika o‘qituvchisi lavozimida mexnat faoliyatini boshlagan. 2008 yili O‘zRFA qoshidagi Matematika va informasion texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘limi aspiranturasida o‘qishni davom ettirdi. T.S.Mirzayev 2011 yilda aspiranturani yakunlab Namangan davlat universiteti Matematika kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshlagan va 2012-yil 29-martda fizika-matematika fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2011–2015 yillar Namangan davlat universiteti Matematika kafedrasida o‘qituvchi, 2015-2018 yillar Matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2018-2019 yillar Differensial tenglamalar va matematik fizika kafedrasi mudiri, 2019-2021 yillar Differensial tenglamalar va matematik fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2021-2023 yillar Oliy matematika kafedrasi dotsenti, 2023-2024 yillar UBS nodavlat oliy ta‘lim Menejment va raqamlashtirish kafedrasi dotsenti, 2024-2025 yillar Namangan davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2025-2026 yillar Toshkent TMC nodavlat oliy ta‘lim Tillar, aniq va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlab kelmoqda.

T.S.Mirzeyev kafedrada “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “Matematik analiz”, “Iqtisodiy-matematik usullar”, “Amaliy matematika 1,2” “Analitik geometriya”, “Differensial geometriya”, “Differensial tenglamalar”, “Chiziqli algebra”, “Calculas”, “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Oliy matematika”, “Statistika” fanlaridan ma’ruza amaliy va seminar mashg‘ulotlarini olib borgan. Hozirgi kunga qadar aksariyati yakka mualliflikda bo‘lgan jamida 30 ga yaqin ilmiy va ilmiy-metodik ishlar chop ettirgan. Ulardan, 6 tasi Xalqaro (Rossiya), 10 tasi O‘z R OAK e’tirof etgan jurnallarda, Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etilgan.

T.S.Mirzayev 2014 – 2016 yillar mobaynida  №  YOF4-FQ-0-73795 YOF4-006   «Avtoregressiya modellarida parametrlarning nostandart baholari va kritik holda ularning xossalarini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot ishiga rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda T.S.Mirzayev “Iqtisodiy masalalarda regressiya, avtoregressiya modellarini qurish va ularning xossalarini tadbiq etish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Mustapoqulov Xamdam Yangiboyevich

PhD, dotsent

Mustapoqulov Xamdam Yangiboyevich

Mustapoqulov Xamdam Yangiboyevich 1984-yil 15-iyun Qashqadaryo viloyati, Mirishkor (Usmon Yusupov) tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2001 yil O’zbekiston Milliy Universitetining “Mexanika- matematika” fakultetiga o‘qishga kirib, 2005 yilda mazkur universitetini tamomlagan. 2007 yili O’zbekiston Milliy Universitetining “Matematik fizika” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura, 2011 yili esa aspiranturasini tamomlagan. Mustapoqulov Xamdam mehnat faoliyatini 2011 – 2022 yillarda Toshkent Davlat texnika universiteti “Oliy matematika” kafedrasida assistant, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022 yil sentyabr oyidan boshlab O’zbekiston Milliy Universiteti “Differensial tenglamalar va matematik fizika” kafedrasida asosiy shtatda dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2023 yil sentyabr oyidan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasida tashqi o’rindosh dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 60 dan ortiq (shulardan 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya va 26 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 30 dan ortiq xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

O‘razaliyev Javlonbek Orinboyevich

Kafedra katta o'qtuvchisi

O‘razaliyev Javlonbek Orinboyevich

O‘razaliyev Javlonbek Orinboyevich 1991 yil 15 noyabrda Zarbdor tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2008 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” yo‘nalishiga o‘qishga kirib, 2012 yilda ushbu oliygohni muvaffaqiyatli tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2012 yilda Zarbdor iqtisodiyot kollejining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2013–2015 yillarda shu kafedrada katta o‘qituvchi, 2015-2016 yillarda yetakchi o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2016–2018 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining magistratura bosqichida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik”  mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Undan so’ng o‘z malakasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida oshirgan.

2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-2025 yillarda esa Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2025 yil 2 sentabrdan boshlab Nordik Xalqaro Universitetining “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida iqtisodiyot yo‘nalishida 1 ta patent, va 15 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Begimqulov Fozil Xidirovich

Kafedra katta o'qtuvchisi

Begimqulov Fozil Xidirovich

Begimqulov Fozil Xidirovich 1986-yil 18-mart kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millatim o‘zbek, fuqaroligim O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

1993–2004-yillarda Denov tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 2006-2010-yillarda Termiz davlat universitetining Matematika fakultetida bakalavriat bosqichida o‘qib, uni kunduzgi ta’lim shaklida muvaffaqiyatli (imtiyozli) tamomlagan. 2010-2012-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakultetida magistraturada o‘qib, differensial tenglamalar yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. Keyinchalik shu yo’nalishda aspiranturada o’qigan.

Mehnat faoliyatimni 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida matematika fani o‘qituvchisi sifatida boshlaganman. Shu yillar davomida Al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari universitetining “Oliy matematika” kafedrasida o‘rindosh katta o‘qituvchi sifatida ham faoliyat yuritgan. 2022–2023-yillarda Toshkent shahar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktabida matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

2023-yil 4-sentyabrdan boshlab Tashkent Perfect University “Raqamli texnologiyalar” kafedrasida katta o‘qituvchi, 2025-yildan esa Xalqaro Nordik universitetining “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish ” kafedrasida faoliyatini boshlagan. Asosiy dars bergan fanlarim - amaliy matematika, chiziqli algebra, hisob, ehtimollar nazariyasi, differensial tenglamalar va oliy matematika yo‘nalishlariga taalluqlidir.

Faoliyatim davomida 10 dan ortiq maktab o’quvchilari va abutrentlar uchun testlar to’plami muallifiman, bir necha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi bo‘lganman, mahalliy va xalqaro ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq maqolalarim chop etilgan. 30 dan ortiq xalqaro konfrensiyalarda o’z ma’ruzam bilan ishtirook etganman. 2020-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Jo‘raqulova Muhlisa Jahongir qizi

Assistent o'qituvchi

Jo‘raqulova Muhlisa Jahongir qizi

Jo‘raqulova Muhlisa Jahongir qizi 1999 yil 27 sentabr Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida tug‘ilgan. Millati tojik . Ma‘lumoti oliy. 2017 - yilda Toshkent davlat Moliya institutining “Buxgalteriya hisobi va Audit” fakultetiga o‘qishga kirib, 2021 yili mazkur institutni tamomlagan. 2022 yili Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Master of Business Administration(MBA)” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan.  Jo‘raqulova Muhlisa mexnat faoliyatini 2025 yilda ISFT( Xalqaro Moliya va texnologiyalar instituti)da o‘z faoliyatini boshlagan. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 7 ta (shulardan 5 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 2 ta xorijiy va mahalliy konfrensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

Odilova Shohista Samatqul qizi

Assistent o'qituvchi

Odilova Shohista Samatqul qizi

Odilova Shohista Samatqul qizi 1992 yil 8-avgustda Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Navoiy davlat universiteti Matematika kafedrasiga o‘qishga kirib, 2015-yil tamomlagan. 2018-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2024-yilda Navoiy davlat universitetiga tayanch doktoranturaga qabul qilingan.

Odilova Shohista mehnat faoliyatini 2022-yilda TMC (Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti)da boshlagan. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 9 ta (shulardan 2 tasi xorijiy, 2 tasi mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 5 tasi xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilingan.